Pixar va qunduzlar: “Sakrovchilar” multfilmining treyleri e’lon qilindi


Internetda Pixar studiyasining yangi loyihasi — “Sakrovchilar” (Hoppers) filmining treyleri paydo bo‘ldi. Multfilm 2026-yil 6-martda kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Syujet o‘z ongini mexanik qunduz tanasiga ko‘chirmoqchi bo‘lgan Meybl ismli qiz haqida hikoya qiladi. Endi u o‘rmon aholisi bilan til topishi va o‘zi uchun butunlay yangi dunyoning sirlarini ochishi kerak bo‘ladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Loyihaning rejissyori etib Deniel Chong (“Chaqmoq Makvin 2”, “Ayiqlar haqida hamma haqiqat”) tayinlangan. Personajlarga Payper Kurda (“May dekabr”) va Jon Hemm (“Aqldan ozganlar”) ovoz bergan.
Shu yilning yozida Pixar “Elio” filmini namoyishga chiqardi. Film tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan bo‘lsa-da, kinoteatrlarda o‘z byudjetini qoplab ololmadi.