08.04.2025
                                                    (yangilandi 09.04.2025)
                                            
                    
                Timur Alixonov sobiq sevgilisi Yunka haqidagi sirni oshkor qildi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Bloger Timur Alixonov Maryam Tillayevaning podkastida qatnashib, uzoq vaqt muhokamalarga sabab boʻlgan bir qancha savollarga javob berdi.
Maryam Timurga sobiq sevgiling Yunka (Yunetta Akopyan)ning qoʻshiqlarini eshitib turasanmi, deya savol bergan.
Alixonov esa bunga javoban, ofisda yigitlar bilan shunchaki hazil-mutoyiba uchun bir-bir uning qoʻshiqlarini qoʻyib, hirgoyi qilamiz degan.
Yunka ham bu videoga munosabat bildirib, “Karyeramga kiritgan yirik sarmoyang uchun rahmat, qondoshim”, deya yozib qoldirgan.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        