Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toping.uzʼda afisha: Sabohat dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
06.12.2024

Toping.uzʼda afisha: Sabohat dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Toping.uzʼda afisha: Sabohat dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Qishning birinchi oyi boʻlgan dekabrning ilk haftasi ham yakuniga yetmoqda. Poytaxt koʻchalari qishga xos boʻlgan tund rangga kirgan, havo esa ancha sovib, yogʻingarchilik boshlandi. Bloger Sabohat Marimova bilan kumush qishdagi Toshkent haqida suhbat olib bordik.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Hordiq

Mirzo Ulugʻbek markaziy bogʻini (sobiq Telman) juda yaxshi koʻraman, Toshkentdagi eng yaxshi bogʻ. Bu park oʻzining sokinligi va xotirjamligi bilan doim meni oʻziga jalb qiladi.

Shuningdek, soʻnggi vaqtlarda koʻproq Tashkent City Mall savdo markazida vaqt oʻtkazyapman. Bu yerda zamonaviy hayotning joʻshqin ruhini his etish mumkin. Mashhur brendlar ham anchagina.

Tomosha

Kinoga qaraganda koʻproq teatrga boraman. Har safar bir sahnada aktyorlarning turli sahnalar va his-tuygʻularni qanday qilib yetkazishiga hayron qolaman.

Kim teatrga hech qachon bormagan boʻlsa, tashrif buyurishni maslahat beraman! Kinoteatrga esa asosan multfilmlar premyera qilingadagina borishim mumkin.

Taom

Gruzin oshxonasini yaxshi koʻraman, shuning uchun hozir Pro.Хинкали va Такахули restoranlari sevimli manzillarim roʻyxatida eng yuqorida turmoqda.

Shuningdek, steyklarni yaxshi koʻraman, bu uchun Goʻsht filiallariga borib turaman. Kechki yengil ovqat uchun Огни Ташкента restoranini maʼqul koʻraman.

Xarid

Kiyimlarni kiyib koʻrishni va qatorlar orasida aylanib yurishni yoqtirmayman. Odatda onlayn tarzda buyurtma beraman. Bu vaqtingizni ham, naqdingizni ham tejaydi.

Hozirda Zara, Mango va Stradivarius kabi mashhur mass-market tarmoqlari doʻkonlaridan kiyimlar buyurtma beryapman. Oqshom koʻylaklari uchun Muse brendiga murojaat qilaman.

Koʻrgazma

Soʻnggi vaqtlarda Toshkentda jinsiy zoʻravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivalida qatnashdim.

Oʻzim uchun juda koʻp qiziqarli insaytlar oldim. Bunday koʻrgazmalar juda koʻp tashkil qilinishi kerak, deb hisoblayman. Loyihada zoʻravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat koʻzi bilan qarashni targʻib etmoqda.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.