Toshkent yo‘llarida xavfsizlikni oshirish uchun 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi


Toshkent yo‘llarida xavfsizlikni oshirish uchun 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi
Poytaxt hokimligi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga 2 milliard 44 million so‘m mablag' ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu mablag‘ ko‘chalar bo‘ylab metall panjaralar o‘rnatish va baland piyodalar o‘tish joylarini yaratishga sarflanadi.
Shaharning 10 ta tumanida jami 5600 metr to‘siqlar o‘rnatiladi. Ular ruxsat etilmagan joylarda piyodalarning yoʻllarni kesib oʻtishini oldini olish uchun kerak. Buning uchun ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi — 1 milliard 456 million so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.
Eng koʻp mablagʻ Yakkasaroy (221 million soʻm), Olmazor (260 million soʻm) va Chilonzor (182 million soʻm) tumanlariga ajratilgan.
Qolgan 588 million so‘m mablag‘ 42 ta baland piyodalar o‘tish joyini qurishga yo‘naltiriladi. Bu o‘tish joylari haydovchilarga tezlikni pasaytirish hamda bolalar va o‘smirlar uchun yo‘lda xavfsizroq bo‘lishga yordam beradi. Eng koʻp oʻtish joylari Olmazor (6), Shayxontoxur (5), Yunusobod (5), Sergeli (5) va Mirobod (5) tumanlarida quriladi.