Aktyor Shahzod Sultonov yangi klip chiqardi


Mashhur o‘zbek aktyori Shahzod Sultonov “Sevgilim” qo‘shig‘iga ishlangan klip bilan muxlislarini quvontirdi. Bu haqda u o‘zining Instagram`dagi shaxsiy sahifasida muxlislariga xabar berdi.
Klip kechadan boshlab barcha rasmiy platformalarda tomosha qilish uchun taqdim etildi va u qiziqarli dramatik voqeani aks ettiradi.
Syujet xotinini tashlab, boshqa ayolga uylanib ketgan erkak haqida. Biroq yangi sevgilisi unga xiyonat qilayotgani va faqat pulga qiziqishi ma’lum bo‘ladi. Oxir-oqibat qahramon o‘z xatosini anglab, birinchi xotiniga qaytadi.
Shahzod Sultonovning muxlislari allaqachon klipdan mamnun ekanliklarini izhor qilishmoqda. Izohlar bo‘limida “Juda ajoyib chiqibdi!” va “Klip — zo‘r!” deb yozishmoqda. Klipni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.