“Shrek” multfilmidagi eshakning prototipi vafot etdi
“Shrek” multfilmidagi Eshak obrazining prototipiga aylangan Perri laqabli eshak AQSHning Kaliforniya shtatida vafot etdi. Uning o‘limi 2-yanvar kuni Palo Altodagi eshaklarga g‘amxo‘rlik qiluvchi Barron Park Donkey Project tomonidan e’lon qilindi. Perri 30 yoshdan oshgan edi.
Hayvon laminit — tuyoqlar yallig‘lanishidan aziyat chekar edi, shu sababli uzoq vaqt davomida kurashib kelayotgan og‘riqdan xalos qilish uchun Perri bir umrga uxlatib qo‘yildi. U 1997-yildan beri Palo Alto shahridagi eshaklar boshpanasida yashab kelayotgan edi.
“Qariyb bir oy davomida Perri uch oyoqda harakat qilar va doimo bir oyog‘ini ko‘targan holda turar edi. Eshaka ko‘p marta kuchli og‘riq qoldiruvchi dorilar berilgan” dedi hayvonlar boshpanasi xodimi Jenni Kiratli.
Og‘riqni yengillashtirish uchun Perriga iliq massajlar qilingan, lazer terapiyasi va igna sanchish usulidan foydalanilgan. Yil boshida esa uning holati yaxshilanmayotgani ma’lum bo‘lgan.