Gvardiola Husanovning kelajagi haqida gapirdi: u qaysi jihatini kuchaytirishi kerak?


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Nyukasl”ga qarshi toʻliq harakat qilgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida oʻz fikrini bildirdi.
“Husanov uchun “Chelsi”ga qarshi oʻyin qiyin boʻldi. Biroq u kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Bu uning oʻzi uchun ham, jamoamiz uchun ham ajoyib holat. Uning potensiali aniq sezilmoqda.
Abduqodir birga-bir vaziyatlarda juda tajovuzkor, toʻp bilan yaxshi muomala qiladi va yuqori tezlikka ega. Ammo unga qaror qabul qilish borasidagi koʻnikmalarini rivojlantirish lozim. Bu esa tajriba va yosh bilan bogʻliq jarayon.
U jamoaga tez moslashdi. Maydon tashqarisida esa kamgap va tortinchoq”, — deydi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Maʼlumot uchun, “shaharliklar” “Nyukasl”ni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, ochkolarini 44 taga yetkazdi. Hozirda “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 4-oʻrinda bormoqda.
Gvardiola jamoasi navbatdagi oʻyinini “Real Madrid”ga qarshi oʻtkazadi. Dastlabki bahsda “qirollik klubi” 3:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.