Abduqodir Husanovning “Real”ga qarshi oʻyinidagi ishtiroki qanday baholandi?


Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
“Manchester Siti”ga qarshi safarda gʻalaba qozongan “Real Madrid” oʻz uyida ham raqib darvozasiga uchta gol urib, nimchorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Madridliklar safida Mbappe xet-trikka erishdi, qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Niko hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi.
Oʻyin davomida Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va toʻliq harakat qildi.
Sofascore nashri Husanovning oʻyinini 6,8 ball bilan baholadi. Uning uzatmalarining aniqligi 93 foizni tashkil qildi. “Shaharliklar” himoyachilaridan Stounz esa eng past ball — 6,3 bilan baholandi. Mehmonlar tarkibida yagona gol muallifi boʻlgan Niko eng yuqori — 7,3 ball oldi.

“Qirollik klubi” safida xet-trik muallifi boʻlgan Mbappe 9,5 ball bilan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Madrid jamoasi darvozaboni Kurtua va himoyachi Mendi esa eng past baho — 6,7 ballga loyiq koʻrildi.
Ikki oʻyinda ham gʻalaba qozongan “Real” chorak final bosqichiga yoʻl oldi. Gvardiola shogirdlari esa turnir bilan xayrlashdi. Chempionlar Ligasi qurʼa tashlash marosimi ertaga, 21-fevral kuni boʻlib oʻtadi.