UFC 316: Dvalishvili revansh jangida O’Mellini mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qildi


UFC chempioni Merab Dvalishvili shanba kuni bo‘lib o‘tgan UFC 316 turnirining asosiy jangida Shon O‘Melli ustidan qozongan birinchi g‘alabasi tasodif emasligini isbotladi. O‘Malli birinchi uchrashuvdan keyin o‘z mahoratini oshirgan bo‘lsa-da, Dvalishvili ham takomillashgan edi. Bu 2024-yil sentyabrdagi janglarida ochkolar hisobida g‘alaba qozongan Dvalishvili bu safar raqibini muddatidan oldin mag‘lub etganida namoyon bo‘ldi.
Dvalishvili dastlabki raundlardanoq o‘zining odatiy bosim taktikasidan foydalandi va O‘Mallini mudofaada jang olib borishga majbur qildi. Bu holatda da’vogar kamdan-kam hollarda kuchli zarbalar berishga ulgurardi. O‘Mallining asosiy qurolidan xavfsiralmay, Dvalishvili qulay paytlarni tanlab, oldinga tashlanib, raqibini quchoqlashga va oxir-oqibat yerga ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘Malli ikkinchi raundda o‘yinini o‘zgartirdi, qafasdan uzoqroq turishga harakat qildi va Dvalishvilining bir necha bor yerga ag‘darish urinishlarini muvaffaqiyatli qaytardi. Biroq zarbalar almashilganda Dvalishvili yanada samaraliroq zarbalar bera oldi. Natijada O‘Mallining hujumga o‘tish imkoniyatlari tobora kamayib bordi.
Uchinchi raundda Dvalishvilining mashhur chidamliligi to‘la namoyon bo‘ldi, u tinimsiz yuqori sur’atni saqlab qoldi. Dvalishvili bu raundda bir necha marta raqibini yerga ag‘dardi va O‘Mallini bo‘shatmay, bo‘g‘ish usulini qo‘lladi. O‘Malli undan qutula olmadi va raundning 4:42 daqiqasida taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.
"Bu shunchaki mehnat," dedi Dvalishvili g‘alabadan so‘ng o‘zining tuganmas quvvati haqida. "Har kuni mashg‘ulotlarni takrorlayman. Men uchun eng muhimi - uyg‘onish va mashq qilish. Shundan keyingina do‘stlarim yoki rafiqam bilan vaqt o‘tkazishim mumkin... Men alohida iste’dod egasi emasman. Ba’zilar mening chidamliligimni genetik deyishadi. Yo‘q, unday emas."