“Umidsiz uy bekalari” seriali qayta ishga tushirilishi e'lon qilindi


Yangi loyiha asl serial qahramonlari yashagan koʻcha nomi bilan "Wisteria Lane" deb nomlanadi.
ABC telekanalining mashhur detektiv dramasi “Umidsiz uy bekalari” (“Desperate Housewives”) serialining remeyki e’lon qilindi.
Yangi loyiha serialdagi qahramonlar yashagan koʻcha nomi bilan “Wisteria Lane” deb nomlanadi. Syujetning markazida hayotlari mukammaldek tuyulgan, ammo sahna ortida murakkab munosabatlar va qaygʻuli sirlar yashiringan besh ayol haqida.
Original serial yaratuvchisi va ijrochi prodyuseri Mark Cherri hozirda mazkur loyiha ishlab chiqishda ishtirok etmayapti, lekin loyihadan xabardor va keyinchalik u ishga jalb qilish ehtimoli bor. “Umidsiz uy bekalari” serialing davomi yaratilishi, qayta tugʻilishi, spin-off yoki boshqa turdagi qayta ishga tushirilishi haqidagi ehtimollar oʻn yildan koʻproq vaqt davomida koʻplab muhokamalar boʻlgan boʻlsa-da, bu loyiha franshizani kengaytirishga qaratilgan birinchi haqiqiy urinishdir.
Premyeraning aniq sanalari hali e’lon qilinmagan.