O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 29-sentyabr–2-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 29-sentyabr–2-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30-sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1–2-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-30-sentyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi, 1-2-oktyabrda kechasi 4-9° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentyabr-1-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, 30-sentyabr–2-oktyabrda kechasi 4-9° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-sentyabr–1-oktyabrda 12-17°, 2-oktyabrda 8-13°, kunduzi 29-sentyabrda 27-32° bo‘ladi, 30 sentyabr-2-oktyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29-sentyabrda 26-31° bo‘ladi, 30-sentyabr–2-oktyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29-sentyabr–1-oktyabrda 28-33°, 2-oktyabrda 23-28° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29–30-sentyabrda 25-30°, 1-2-oktyabrda 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29–30-sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2 oktbrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 30 sentyabr-2-oktyabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi bo‘ladi.