“Yovvoyi” – yorqin kelajak bashorat qilinayotgan serial aktyorlari


“Yovvoyi” – 2023-2025-yillarda suratga olingan turk seriali bo‘lib, unda muhabbat, hokimiyat uchun kurash va hayotda o‘z o‘rnini topish mavzulari aks etadi. Serial markazida ikki qarama-qarshi: “oltin yoshlar” va ko‘chada ulg‘aygan bolalar guruhi hayoti yoritiladi. Ushbu loyiha ko‘plab yosh yulduzlarni mashhur qildi. Xo‘sh, bu aktyorlar kim ekan?
“Yovvoyi” seriali aktyorlari
Xalit Ozgyur Sari
“Yovvoyi” serialining bosh qahramoni, 31 yoshli Xalit yangi avlod yulduzlaridan biri hisoblanadi. U ilgari model bo‘lib ishlagan, futbol o‘ynagan va aniq fanlarga qiziqqan. Ammo oilasini hayratga solib, aktyorlikni tanlagan. U 2018-yilda “Ertug‘rul” tarixiy serialida debyut qilgan, ammo haqiqiy mashhurlikka “Yovvoyi” seriali orqali erishdi.
Dolunay Soysert
Turkiyalik teatr, kino va televideniye yulduzi. Ko‘pchilik uni “Muhtasham yuz yil” serialidagi roli orqali taniydi. U arxeologiya bo‘yicha tahsil olgan, ammo aktyorlikka kirib kelgan. U AQShda uzoq vaqt yashagan, keyin Turkiyaga qaytib, seriallarda rol o‘ynay boshlagan. Uning filmografiyasi juda boy – 30 dan ortiq film va 12 ta teatrda ijro etgan rollari mavjud.
Bertan Asllani
Turkiyalik aktyor va qo‘shiqchi Bertan Makedoniyada tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini musiqachi sifatida boshlagan, bir nechta mashhur qo‘shiqlar va albomlar chiqargan. 2011-yildan beri filmlarda rol o‘ynaydi. Eng mashhur roli – “Tasir” serialida Emre roli bo‘lgan. U 2020-yilda Xazal Shenel bilan turmush qurgan, ammo 2024-yilda OAV ularni ajrashgani haqida xabar bergan.
Rojbin Erden
28 yoshli aktrisa Rojbin Istanbul konservatoriyasining opera fakulteti bitiruvchisi hisoblanadi. U avval model bo‘lgan, 2021-yilda esa “Yalang‘och” serialida ilk bor ekranga chiqqan. U “Turkiya go‘zali” tanlovida ishtirok etgan va mashhur moda brendlarining reklama kampaniyalarida qatnashgan. Uni rostakamiga mashhur bo‘lishiga esa “Yovvoyi” serialidagi Asi roli sabab bo‘ldi.
Sezer Arichay
U san’at fakulteti bitiruvchisi bo‘lib, “Meni sevganlarning ro‘yxati” (2021) filmidagi roli bilan tanilgan. Uni turk kinosining yangi yulduzi deb atashadi, chunki u o‘z obrazlarini juda ishonarli tarzda gavdalantira oladi. Uni “Yovvoyi” serialidagi Jesur roli yanada mashhur qildi.
Seray Ozkan
Seray – Istanbuldan chiqqan model va aktrisa. U teatrda ham, reklama loyihalarida ham faoliyat yuritgan. “Yovvoyi” serialidan keyin ulkan mashhurlikka erishdi. Uning Chagla obrazidagi o‘ziga rom qiladigan roli tomoshabinlar orasida juda mashhur bo‘ldi, shundan so‘ng prodyuserlar va rejissyorlar unga turli qiziqarli rollar taklif qila boshladi. Bugungi kunda u 2025-yilning eng chiroyli turk aktrisalaridan biri sifatida tan olinmoqda.
Tayanch Ayaydin
U turk kino dunyosida yangi aktyorlardan emas. U teatr institutini tamomlagan va “Aliye” seriali hamda “Bozor – savdo ertaklari” filmidagi rollari bilan mashhur bo‘lgan. Ikkinchi film uchun u “Oltin apelsin” va Shveysariyaning Lokarno kinofestivallarida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan.
Simay Barlas
“Yovvoyi” serialining eng yosh aktrisasi – Simay doim aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. U kino va televideniye fakultetini tamomlagan, shu bilan birga balet bilan jiddiy shug‘ullangan. U “Shafqatsiz Istanbul” serialidagi roli bilan mashhur bo‘lgan. Uning shaxsiy hayoti ommaga ochiq emas, ammo mish-mishlarga ko‘ra, Xalit Ozgur Sari bilan munosabatlari bo‘lgan, lekin ularning munosabati uzoqqa bormagan.
Yurdaer Okur
Yurdaer turk teatri va kinolarida keng tajribaga ega aktyor. “Yovvoyi” serialida yosh aktyorlarga ko‘plab saboqlar bergan ustoz aktyorlardan biri bo‘lib, suratga olish maydonida u yosh aktyorlarga ko‘plab foydali maslahatlar va saboqlar bergan. U 2011-yildan beri turmush qurgan bo‘lib, rafiqasi Dilara Yarchin Okur bilan ikki farzandni tarbiyalamoqda.
Shebnem Hassanisougi
U kinoda o‘z faoliyatini rejissyor yordamchisi sifatida boshlagan. Davlat konservatoriyasining teatr fakultetida tahsil olgan, Kadir Has universitetida kino va drama bo‘yicha magistrlik darajasiga ega. Reklamalarda va turk moda brendlari uchun suratga tushgan. U bastakor Ahmet Kenan Bilgich bilan turmush qurgan. 2026-yilda ular 15 yillik to‘ylarini nishonlashadi.