Umra tashkil etish uchun litsenziya olgan turoperatorlar roʻyxati eʼlon qilindi
Diniy qoʻmita Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya qoʻlga kiritgan 12 ta turfirma roʻyxatini eʼlon qildi. Roʻyxatda boʻlmagan firmalarning mazkur faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq gʻolib deb topilgan talabgorlar roʻyxatini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, litsenziyada koʻrsatilmagan manzil boʻyicha mazkur tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Roʻyxat:
- Ihlos travel 1 MCHJ (Andijon viloyati, Andijon shahar, Oʻzbegim MFY, Bobur shox koʻchasi 40v-uy);
- Yuksak travel Air XK (Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar, B.Margʻiloniy koʻchasi 3b-uy);
- Muhtasham travel MCHJ (Namangan viloyati, Namangan sh, Shodlik MFY, A.Navoiy koʻchasi 2/1-uy, 3s-xonadon);
- Musaffo turizm xizmati MCHJ (Namangan viloyati, Namangan shahar, Bobur mavzesi 10,4-uy);
- Risola travel lux MCHJ (Namangan viloyati, Namangan shahar, Uychi koʻchasi 1-uy);
- Xorazm umra jamiyati MCHJ (Xorazm viloyati, Urganch shahar, P.Mahmud koʻchasi 350-uy);
- Hikmat Umra Travel MCHJ (Toshkent shahar, Mirobod tumani, A.Temur shox koʻchasi 43-uy, 41-xonadon);
- Real Dreams MCHJ (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 14-berk koʻchasi, 75-uy);
- Travel with family MCHJ (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 21-uy);
- Sofa Marva tour MCHJ (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo MFY, Kichik halqa yoʻli 19-uy);
- B2 Management MCHJ (Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor koʻchasi 124-uy);
- Safar time exclusive MCHJ (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-Charx Kamolon MFY, Bunyodkor koʻchasi 2-uy).
Qoʻmita, shuningdek, Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatish taqiqlanganini eslatib oʻtdi. Bu boradagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) etib belgilangan.
2024-yil boshida Transport prokuraturasi Turizm qoʻmitasidan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilgan va minglab Oʻzbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistonida qolib ketishiga sababchi boʻlgan 39 ta turfirma faoliyatini toʻxtatib turishni soʻragandi. Turfirmalarning mansabdorlariga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.