РУ
O’Z
UZS
/
/
Eshitib hayron qolasiz: Gollivudda xodimlar qancha maosh olinadi?
24.11.2024

Eshitib hayron qolasiz: Gollivudda xodimlar qancha maosh olinadi?

Eshitib hayron qolasiz: Gollivudda xodimlar qancha maosh olinadi?

Ishonchimiz komilki, siz qachonlardir shou-biznesda ishlash va kinoda suratga tushishni orzu qilgansiz. Agar shunday boʻlsa, Gollivudda bu sohada ishlovchilar qancha pul topishini bilishga ham qiziqasiz. Stilistlar, kaskadyorlar, rejissyorlar va, albatta, aktyorlar. Ularning qaysi biri eng boy boʻlib chiqarkan?

Soʻnggi paytlarda koʻpchilik oʻziga nafaqat yoqadigan, balki yaxshi daromad keltiradigan kasbni izlay boshladi. Albatta, biz hammamiz tushunamiz: biror narsaga muhabbat kelib-ketishi mumkin, ammo qorin toʻygʻazish doim zarur. Xuddi shuningdek, kimning qancha topishini bilish uchun birovning choʻntagiga moʻralash ham.

Bugun biz sizning ishingizni yengillashtirish uchun Gollivuddagi kino sanoatiga aloqador boʻlganlarning oʻrtacha ish haqini aytib beramiz. Darhol taʼkidlaymiz: kimdir koʻproq, kimdir kamroq olishi mumkin. Hammasi nafaqat tajribaga, balki insonning mahoratiga, shuningdek, u hamkorlik qilayotgan kompaniyaga ham bogʻliq. Mayli, bu mayda-chuyda tafsilotlarni qoʻya turib, raqamlarga oʻtamiz!

1. Muharrir

Muharrirsiz kino ham, telekoʻrsatuv ham, serial ham boʻlmaydi. Bu yangicha qarashni saqlab qoladigan, yozilgan ssenariyga tuzatishlar kiritadigan odam. Darhol aytamiz: ssenariynavis va muharrir — bu bir xil kasb emas! Biroq ular bir-birisiz mavjud boʻla olmaydi. Gollivudda koʻpchilik muharrirlarning maoshi haftasiga taxminan 4200 dollarni (54 million soʻm atrofida) tashkil etadi. Tan oling, raqamlar allaqachon osmonga choʻzilgandek tuyulmoqda. Ammo bu hali hammasi emas, Disney kabi yirik kompaniyalardagi muharrirlar haftasiga 20 mingdan 25 ming dollargacha (250-320 million soʻm atrofida) olishadi!

2. Kinojurnalist (publitsist)

Aslida, kino va seriallar dunyosida nafaqat reklama va jamoatchilik bilan aloqalar, balki jurnalistika boʻyicha ham maxsus maʼlumot olgan PR mutaxassislari publitsistlar deb ataladi. Ular yangiliklarni ommaga yetkazish uchun masʼul odamlardir. Baʼzilar oʻz xizmatlarini taklif etuvchi kichik firmalarni ochadi va u yerda yiliga taxminan 1 million dollar (12 milliard 825 million soʻm) daromad oladi.

Boshqalar kichik kompaniyalarda ishlaydi va u yerda ularning maoshi yiliga 100 mingdan 150 ming dollargacha (1,2-1,9 milliard soʻm atrofida) yetadi. Yaqinda Disney kompaniyasi kommunikatsiyalar boʻyicha katta vitse-prezident (ha, bu oʻsha publitsist) izlayotgandi va nomzodga yiliga 327 mingdan 450 ming dollargacha (4,1 milliarddan 5,7 milliard soʻmgacha) maosh taklif qildi.

3. Studiya rahbari

Dastlab studiya rahbari uncha koʻp pul topmaydi, lekin buni qanday baholash kerak. Masalan, Paramount Pictures rahbar uchun yordamchi izlayapti va taklif qilinayotgan ish haqi 50 ming dollardan (640 million soʻm) boshlanadi. Albatta, oʻsish uchun imkoniyat bor. Studiya direktori oʻrtacha 120 ming dollarga yaqin (1,5 milliard soʻm) maosh oladi. Kim koʻproq pul topadi? Ish haqi 500 mingdan 600 ming dollargacha (6,4 milliarddan 7,6 milliard soʻmgacha) oʻzgarib turadigan ijrochi prodyuserlar!

4. Huquqshunos

Kino olamida haqiqiy qonunshunoslarning oʻrni beqiyos, chunki goh aktyor, goh butun bir studiya turli nizolarga aralashib qoladi. Yuristlar har bir bitim uchun mijozlardan soatbay toʻlov olmagan holda 5 foiz miqdorida komissiya olishadi. Ammo ularga bu kerak emasdek tuyuladi, chunki ular shundoq ham yiliga 175 mingdan 250 ming dollargacha (2,4 milliarddan 3,2 milliard soʻmgacha) daromad olishadi. Men hatto yiliga 5 milliondan 15 million dollargacha (64 milliard soʻmdan 192 milliard soʻmgacha) olishi mumkin boʻlgan yuqori maoshli mutaxassislar haqida gapirmayapman.

5. Rejissyor

Agar siz Ridli Skott boʻlganingizda, birinchidan, bu maqolani oʻqiyotganingizga shubha qilardik, ikkinchidan, bitta (!) toʻliq metrajli film uchun 20 million dollar (taxminan 256 milliard soʻm) ishlab topishingiz mumkin boʻlardi. Biroq endigina boshlayotgan rejissyorlar bunday katta maosh bilan maqtana olmaydi. Ular, afsuski, yiliga atigi 1 million dollar (12 milliard soʻm) oladi, qatʼiy belgilangan ish haqi haftasiga 23 767 dollar (300 million soʻm) va 10 haftalik kafolatlangan bandlik muddati bilan.

6. Kaskadyor, grim ustasi va stilist

Filmlar, seriallar va telekoʻrsatuvlarning tomoshabopligini taʼminlovchi barcha mutaxassislarni bitta boʻlimga joylashtirdim, lekin har biri haqida alohida gapirib beraman.

Kaskadyor

Suratga olish maydonida hayotini xavf ostiga qoʻyib, sogʻligʻini qurbon qilayotganlarning ish haqi kuniga 1200 dollardan (15 million soʻm) yoki haftasiga 4500 dollardan (58 million soʻm) boshlanadi. Biroq baʼzida kaskadyorlarning mahorat darajasi yuqori boʻlsa yoki ular maydonda duch keladigan xavf juda katta boʻlsa, ularga koʻproq haq toʻlanadi.

Pardozchi

Yulduzlarni sahnaga chiqishga tayyorlaydigan professional pardozchilar, odatda, mashhur shaxsni jamoat oldiga chiqishga tayyorlash uchun 1000 dollardan 1250 dollargacha (12,8 million soʻmdan 16 million soʻmgacha) oladi. Bunga qoʻshimcha ravishda ularning bron qilish agentligiga 20 foiz toʻlanadi.

Stilist

Stilistlarga kelsak, ular ham yaxshi daromad topishadi. Bu lavozimdagi doimiy xodim yulduzni tadbirga tayyorlash uchun 1500 dollar (19 million soʻm) oladi, shuningdek, barcha oʻzgartirishlar uchun qoʻshimcha haq oladi. Odatda, ularga ish beruvchi studiyalar mukofotlar va tanlovlar mavsumida har bir stilistga qoʻshimcha haq toʻlaydi, chunki bu davrda “mijozlar” oqimi juda koʻpayib ketadi.

7. Bloger

Gollivudda blogerlar qancha pul topishadi? Hammasi ularning mashhurlik darajasiga bogʻliq, xuddi boshqa har qanday mamlakatdagidek. Ijtimoiy tarmoqdagi bitta post 1000 dollar (12,8 million soʻm) va koʻpincha undan ham qimmatroq turishi mumkin. Yoʻlning boshida inflyuyenserlar oʻz xizmatlarini kamtarona bir necha yuz dollarga baholaydi, “yuqori darajaga” yetganlar esa aql bovar qilmas darajada katta pul ishlab topishlari mumkin.

Ushbu maqola orqali kimdir oʻz orzusidagi ishni topgan boʻlsa, ajab emas. Ammo bir narsani unutmang, AQSHga ketish qanchalik qiyin boʻlsa, Gollivudga ishga kirish undan ming chandon qiyinroq. Shu bois oʻz imkoniyatlaringizni toʻgʻri baholashni oʻrganing, deb qolamiz.