РУ
O’Z
UZS
/
/
Parij 2025 ketyur moda haftaligi – kelinlarga yoqadigan trendlar: yunon ma’budalari, krinolinlar va korsetlar
04.02.2025

Parij 2025 ketyur moda haftaligi – kelinlarga yoqadigan trendlar: yunon ma’budalari, krinolinlar va korsetlar

Parij 2025 ketyur moda haftaligi – kelinlarga yoqadigan trendlar: yunon ma’budalari, krinolinlar va korsetlar

Parijda o‘tgan “Haute Couture” bahor-yoz 2025 moda haftaligidan ilhomlangan kelinlik trendlarini jamladik. Bu yerda hamma narsa – korsetlardan krinolinlargacha bor, ilhomlaning va kelinlik obrazingizni yanada o‘ziga xos qiling.

Schiaparelli

Bahor-yoz mavsumida dizaynerlar qadimgi Yunoniston afsonalaridan, go‘zal ayollarning mukammal qiyofalaridan hamda brend asoschisi Elza Skiaparelli va Aleksandr Makkuinning moda merosidan ilhom olishdi. 

Shoyi, atlas, bantlar va shleyflari bor rusalka liboslari, etaklar bo‘ylab patlar, bel qismida tarang turadigan keng yelkali jiletlar – oxirgisi ishbilarmon kelinlar uchun juda mos keladi!

Dior

Mariya Gratsiya Kyuri Dior brendining yangi kolleksiyasida yengillik, bolalarcha beg‘uborlik va o‘ynoqilik kabilarni aks ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Dior arxividagi ishlanmalar hamda “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” uslubini eslatuvchi obrazlar uyg‘unlashdi. 

Trapetsiya shaklidagi siluetlar, krinolinlar, pannye-yubkalar, lentalar, gullar va etakdagi burmalar. Bu haqiqiy “Haute Couture” bayrami!

Chanel

Bugungi kunda Karl Lagerfeld va, albatta, Koko Shanel yaratgan meros o‘zining inqilobiy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Moda olamining manbalariga ko‘ra, “Chanel jozibasining yangi talqini” kutilmoqda. 

Ammo yangi kolleksiyadagi konfet ranglari va pastel-yorqin ohanglarga qaramay, Chanel o‘z uslubidan og‘ishmaydi: klassik tviddan tikilgan kostyumlar, qora va oq kontrastlar hamda sokin hashamat o‘z o‘rnida qolmoqda.

Armani Privé

“Haute Couture” uslubining asosiy siri – javohirlar jilosida! Armani o‘z yubileyi munosabati bilan aynan shunday tamoyilni tanladi. 

Lumières kolleksiyasining asosiy xususiyati – 93 ta nafis obrazning porlashi: 5 karatlik toshlar shaklidagi tugmalar bilan bezatilgan jiletlar, qimmatbaho tosh va biser bilan kashta tikilgan shaffof liboslar – bu haqiqiy hashamat!

Jean Paul Gaultier

Qaroqchilar estetikasi 2025-yilning sirk ruhidagi trendlarini ortga qaytarishi mumkin – bularning barchasi Gautier’ning “Kema halokati” kolleksiyasi sababli. Suv parilari, dengizchilar va qaroqchilar – juda hashamatli va antiqa ko‘rinadi. Albatta, bunday obrazlarni hayotda qanday kiyish mumkin degan savol tug‘iladi. 

Ammo ilhom olish va kelinlik libosida fakturalangan korset kabi detallardan foydalanish mumkin. Sezonning eng moda aksenti bo‘lishiga bashorat qilamiz!

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.