верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
"Taqiqlangan meva": dunyoni o‘zining fitna va ehtiroslari bilan zabt etgan turk seriali haqida hikoya qilamiz
03.06.2025 (yangilandi 04.06.2025)

"Taqiqlangan meva": dunyoni o‘zining fitna va ehtiroslari bilan zabt etgan turk seriali haqida hikoya qilamiz

"Taqiqlangan meva": dunyoni o‘zining fitna va ehtiroslari bilan zabt etgan turk seriali haqida hikoya qilamiz

"Taqiqlangan meva" (asl nomi - Yasak Elma) - so‘nggi yillardagi eng yorqin va davomli turk seriallaridan biriga aylanib, o‘zida drama, melodrama va ijtimoiy satira unsurlarini qamrab olgan. 2018-yil mart oyidagi premyerasidan to 2023-yilda suratga olish ishlari tugaguniga qadar u butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning e’tiborini qozondi. Bu asosan serialda ijtimoiy tengsizlik, shuhratparastlik, sevgi va xiyonat mavzularining ko‘tarilganligi bilandir. Mana shu jihatlar filmni keng auditoriya uchun muhim va qiziqarli qiladi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

"Taqiqlangan meva" seriali: tomosha qilishga arziydimi

"Taqiqlangan meva" seriali 2018-yil 19-martda FOX Türkiye telekanalida sahna yuzini ko‘rib, 2023-yil 5-iyunda yakunlangan edi. Serialning har biri taxminan ikki soat davom etadigan olti fasl va 177 qismdan iborat. Loyiha Medyapım prodyuserlik kompaniyasi ko‘magida yaratilgan bo‘lib, Neslixan Yeshilurt, Murad O‘zturk va Eje Erdek Kocholu rejissyorlik qilgan. Senariyni Melis Jivilek va Zeynep Soyata yozgan. Suratga olish ishlari Istanbulning turli xil hududlarida amalga oshirilib, bu serialga haqqoniylik va vizual jozibadorlik baxsh etgan.

Surat: resortturkey.ru

"Taqiqlangan meva" janriga ko‘ra, dramedi, ya'ni drama va komediya uyg‘unligidan tashkil topgan. Jiddiy mavzular va yengil, istehzoli lahzalar o‘rtasidagi muvozanat har bir qismning so‘nggi daqiqalarigacha e’tiborni tortadi va tomoshabinni keskinlikda ushlab turadi.

Serial yuqori reytingga ega bo‘ldi va nafaqat Turkiyada, balki undan tashqarida ham tan olingan eng mashhur turk teleloyihalaridan biriga aylandi. U Kanndagi MIPTV xalqaro televizion kontent bozorida namoyish etildi va 2019-yilda tomoshabinlar internetda eng ko‘p qidirgan eng yaxshi 10 ta serial qatoridan joy oldi.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

"Taqiqlangan meva" seriali rejissyorlari. Mavsumdan mavsumgacha nima o‘zgardi

"Taqiqlangan meva" seriali boshidanoq ko‘p mavsumli loyiha sifatida o‘ylab topilgan bo‘lib, unda voqealar jonli organizm kabi rivojlanib, tomoshabinlarning munosabati va tez o‘zgaruvchan ijtimoiy kontekstga javob beradi. Vizual va rejissyorlik uslubi haqiqatan ham mavsumdan mavsumga sezilarli darajada o‘zgarib boradi, bu ijodiy jamoaning o‘zgarishi va hikoyaning o‘ziga xosligini aks ettirdi.

1. Neslixan Eshilyurt (1–3-mavsumlar)

Surat: kino-teatr.ru

U butun filmga bir maromdagi ohang bergan. Bu yerda jilokor, deyarli reklama estetikasi, yorqin yoritishga ega boy ranglar palitrasi va ko‘plab yirik darajalar mavjud. Aynan uning boshqaruvida serial dramatik asosli bo‘lishiga qaramay, kinoyali chiqdi. Kamera ko‘pincha qahramonlarning reaksiyalarida ushlanib qoldi va musiqiy qo‘shimchalar grotesk va ijtimoiy satirani ta’kidladi. Bu yerda qotib qolish va zerikishga o‘rin yo‘q: serialni qimir etmasdan tomosha qilasiz.

2. Murod O‘zturk (3-mavsum oxiri - 4-mavsumning bir qismi)

Surat: kino-teatr.ru

Neslihanning o‘rniga kelgan Murod serialga ko‘proq kinematografik ruh berishga harakat qildi - sur’atni sekinlashtirdi, qahramonlarning o‘zaro munosabatlariga teranlik qo‘shdi, psixologik tarkibiy qismga e’tibor qaratdi. Ammo tomoshabinlar buni bir xil qabul qilmadilar: ular ko‘nikkan dramedi haddan tashqari jiddiy dramaga aylana boshladi. Bu ohangning yangicha qayta qurilishiga olib keldi.

3. Eje Erdek Kocholu (5-6-mavsumlar)

Serialga uning avvalgi shifoatini qaytardi, lekin hissiy amplitudalarni kuchaytirdi. Uning rahbarligida voqealar yana jadal suratlarga kechdi, ammo qahramonlar ulg‘aydi, ularning qarorlari yanada qat'iyroq, syujet esa ko‘lamliroq bo‘lib qoldi. Aynan shu davrda voqelik va ertak o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan yangi, xarizmatik qahramonlar paydo bo‘ldi.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Senariy va uning xususiyatlari

"Taqiqlangan meva" bir mavsumda bitta syujet arkasiga ega bo‘lgan odatiy chizmaga amal qilmaydi. Buning o‘rniga u "har 10-20 seriyada yangicha ko‘rinish" formulasidan foydalanadi.

Bu:

  • asosiy liniyani ortiqcha zo‘riqtirmagan holda yangi qahramonlarni qo‘shish;
  • G‘arb seriallari ruhidagi bosh qahramonlarni o‘ldirish yoki olib ketish (masalan, "Umidsiz uy bekalari");
  • janr fokusini o‘zgartirish - melodramadan ochiq komediyaga;
  • muntazam "qayta ishga tushirishlar" orqali tomoshabinning uzoq muddatli faolligini saqlab qolish kabi holatlarga imkon beradi.

Senariyda ataylab qilingan sahnaviylik va hatto meta-hazillar ko‘zga tashlanadi, bularning barchasi yuqori badiiy va yorqin ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Masalan, qahramonlar deyarli tomoshabinga  qaratilgan remarkalarni amalga oshirishlari mumkin, syujet tasodiflari ba’zan ongli ravishda mubolag‘a bilan beriladi.

"Taqiqlangan meva" seriali syujeti

Asar markazida kambag‘al oiladan chiqqan ikki opa-singil Yildiz va Zaynab Yilmazlar turadi. Yildiz shohona dabdabali hayotni orzu qiladi va maqsadiga erishish uchun ko‘p narsaga tayyor. Zeynep esa, aksincha, mehnatsevar va o‘z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishishga intiladi.

Yildizning hayoti u yuqori tabaqadan bo‘lgan Ender Argun ismli ayol bilan uchrashganda o‘zgaradi. Ayol unga eri Xalitning xiyonatini isbotlash va o‘zi uchun ajrashish uchun uni yo‘ldan urish kelishuvini taklif qiladi. Yildiz bu taklifga rozi bo‘ladi, lekin tez orada har kim o‘z manfaatini ko‘zlaydigan xavfli o‘yinga tushib qolganini tushunadi.

Bu orada Zeynep muvaffaqiyatli va qattiqqo‘l tadbirkor Alixan Tashdemir rahbarlik qilayotgan kompaniyaga ishga kiradi. Ularning munosabatlari tushunmovchilikdan boshlanib, sekin-asta jiddiylashib boradi. Biroq Zaynab Alixonning Xalit bilan aloqasi borligidan shubhalanmaydi. Bu holat vaziyatni murakkablashtiradi.

Serial syujeti fitna, xoinliklar, sevgi uchburchagi va kutilmagan burilishlarga boy, bu esa uni qiziqarli qilgan va voqealar jarayonin oldindan bilib bo‘lmaydi.

"Taqiqlangan meva" seriali aktyorlari 

U haqiqatan ham yulduz. Har bir ijrochi loyihaning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shgan.

  • Yildiz Yilmaz rolidagi Eda Eje sodda, ammo boylik va mavqega intiluvchan qiz.

    Surat: kino-teatr.ru
  • Zeynep Yilmaz rolidagi Sevda Erginji Yldizning halol va mehnatsevar singlisi bo‘lib, u haqiqiy sevgi va professional e’tirof izlaydi.
  • Shevval Sam Ender Argun rolida oliy tabaqadan chiqqan nafis va hisob-kitobli ayol, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida hamma narsaga tayyor.

    Surat: kino-teatr.ru
  • Xalit Argun rolidagi Talat Bulut — hayoti sirlar va fitnalarga to‘la nufuzli biznesmen.

    kino-teatr.ru
  • Onur Tuna Alixon Tashdemir rolida  — muvaffaqiyatli tadbirkor, uning qattiqqo‘lligi zamirida teran his-tuyg‘ular yashirin.

    Фото: kp.ru
  • Kaner Chelebi rolidagi Barish Atach  Enderning o‘tkir zehni va hazil tuyg‘usiga ega sodiq yordamchisi.
  • Zexra Argun rolidagi Shafaq Pekdemir Xalitning qizi, hayoti dramatik voqealarga boy.

Bundan tashqari, serialda Vildan Mutlu, Melissa Dogu, Ilber Uygar Kaboglu va boshqalar ishtirok etgan.

Qiziqarli faktlar

  • Xalqaro e’tirof: serial Kanndagi MIPTV xalqaro televizion kontent bozorida eng mashhur yangiliklardan biriga aylandi.
  • Musiqiy jo‘rlik: mashhur turk xonandasi Edis "Taqiqlangan meva" uchun maxsus qo‘shiq yozdi, aktyor Onur Tuna esa "Uzay Misali" debyut albomiga kiritilgan qo‘shiqlardan birini ijro etdi.
  • Zargarlik buyumlari: zargarlik brendlaridan biri serial uchun umumiy og‘irligi 77 karat bo‘lgan eksklyuziv zargarlik mahsulotini ishlab chiqdi.
  • Aktyorlarning jismoniy xususiyatlari: Onur Tuna va Sevda Erginjaning bo‘yi o‘rtasida katta farq bo‘lgani sababli, aktrisa suratga olish jarayonida maxsus taglik ustida turishiga to‘g‘ri keldi.
  • Aktyorlik transformatsiyasi: Sevda Erginji Zeynep roli o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lganini,  ilk bor o‘ziga o‘xshash qahramon rolini o‘ynaganini e'tirof etadi.

"Taqiqlangan meva" seriali fenomeni: jilo va kinoya o‘rtasida

"Taqiqlangan meva" seriali nafaqat navbatdagi mashhur turk melodramasiga aylandi, balki olti mavsum davomida teleekranlarda namoyish etilishga muvaffaq bo‘lgan, barqaror reytinglarni saqlab qolgan va Turkiyadan tashqarida ham mashhurlikka erishgan haqiqiy media va madaniy hodisaga aylandi. Uning siri, yuqorida ta’kidlaganimizdek, jiddiylik va kinoya, melodrama va komediya, an’ana va yangilik o‘rtasidagi mohirona muvozanatdadir.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Serial kimlarga ma'qul keladi?

Aksariyat turk dramalaridan farqli o‘laroq, "Taqiqlangan meva" deyarli avtonom media olamiga aylandi, bu yerda har bir mavsum bir dunyo ichidagi yangi o‘lchovdir. Qahramonlar g‘oyib bo‘lishadi va qaytishadi, turmush qurishadi va ajrashishadi, lekin shu bilan birga, ichki mantiq va taniqlilikni saqlab qolishadi. Serialning syujet tuzilishi o‘zgarib turuvchi organizm kabi qurilgani, ayniqsa, qiziqarli. Bu tomoshaning yuzlab sahnalaridan keyin ham yangiligicha qolishiga imkon beradi.

Senariy mualliflari qonunlarga qarshi borishdi. Bu yerda ayollar - qurbon emas, balki manipulyatorlar, kurashchilar va qat’iy strateglarga aylangan. Qahramonlar xato qiladi, lekin sodda emas. Tomoshabinga tayyor javoblar emas, balki shaxslarning o‘zgarib borishini kuzatish imkoniyati beriladi.

Tanqidchilar fikri: janr bilan o‘ynashishin

Tanqidchilar Yasak Elma - turk televideniyesining eng nostandart sovunli seriallaridan biri ekanligini tan olishadi. Sabah jurnali shunday yozadi:

"Bu odatda chetlab o‘tiladigan narsalarni amalga oshirgan serial: u o‘z ustidan kuladi va shu bilan birga voqealarni yuqori darajada ushlab turadi."

Hürriyet uni "intellektual serial" deb atadi va "karikatura qahramonlarini davrning to‘liq arxetiplariga aylantirishga" muvaffaq bo‘lgan aktrisalar Eda Eje va Shevval Samning mahoratini ta’kidladi.

Kinotanqidchi va prodyuser Ergyun Sezer TRT telekanaliga bergan intervyusida "serial formatini eksport qilish oson, chunki u har qanday madaniyatda tanish uslub bilan boyitilgan hokimiyat, pul va muhabbatning universal tilida so‘zlaydi", deb ta’kidlaydi.

Turkiyadan Lotin Amerikasigacha bo‘lgan tomoshabinlarning munosabati

Tomoshabinlarning serialga bo‘lgan muhabbati uning noyob muvaffaqiyatining yana bir sababidir. “Taqiqlangan meva” Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Yaqin Sharq mamlakatlarida va ayniqsa - Lotin Amerikasida millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. U yerda serial Pecado Prohibido nomi bilan efirga uzatilgan va faqat turk qobig‘ida yangi Meksika klassikasi maqomini oldi.

IMDbda serial barqaror ravishda 6.0 dan yuqori reytingga ega, bu esa bunday xronometrajli ko‘p qismli drama uchun ishonchli ko‘rsatkichdir. YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda qahramonlarning o‘tkir dialoglari va "ta’sirli" iboralari aks etgan kliplar ayniqsa mashhur - ularning aksariyati memlar va iqtiboslarga aylangan.

Muxlislar:

  • "Yaldiz uchun tomosha qilaman, uning kinoyasi alohida bir janr".
  • "Bu hamma adolatsiz o‘ynaydigan shaxmatga o‘xshaydi".
  • “Nihoyat, ayollar azob chekmasda harakat qiladigan serial”.

Nima sababdan serial tomosha qilishga arziydi?

 

"Taqiqlangan meva"ning yana bir siri uning tomoshabinga e’tiborli bo‘lishidadir. U kerakli paytda yengiltaklik qilishdan qo‘rqmaydi, lekin bo‘shliqqa kirib ketmaydi. Serial kutishlarga boy, klishelarni buzadi, ayollarni erkaklar hayotida qo‘shimcha emas, balki markaziy shaxsga aylantiradi. Unda yorqinlik, hashamat, fojia, hazil va o‘z-o‘zini masxara qilish tuyg‘usi mavjud. Bu  yoqimli, chiroyli, shu bilan birga, o‘tkir ta’mga ega" qalampirli desert"ning turkcha teleko‘rsatuv ekvivalentidir.

Ta’siri va mashhurligi

Serial ko‘plab mamlakatlarning tomoshabinlari qalbini zabt etdi. U ijtimoiy tarmoqlarda, forumlarda faol muhokama qilindi. Ko‘plab taqrizlar, tahliliy maqolalar paydo bo‘ldi. Tanqidchilarning fikricha, muvaffaqiyatning sababi qiziqarli syujet, yuqori darajadagi aktyorlik mahorati va sevgi, xiyonat hamda shuhratparastlikning muhim masalalari bo‘lib, ular syujet chizig‘iga qizil ip bilan bog‘langan. Quyosh ostidagi joyga borish yo‘lidagi kurash - serial asosiy g‘oyasini shunday tasvirlash mumkin.

 

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

"Taqiqlangan meva" - bu ko‘p qamrovli va hissiyotlarga boy serial, tomoshabinlarga nafaqat ko‘ngilochar kontent, balki insoniy munosabatlar, axloqiy muammolar va zamonaviy hayotning ijtimoiy jihatlari haqida mulohaza yuritishni ham taqdim etadi. Agar siz drama, romantika, fitna va chuqur ma’noni o‘zida mujassam etgan serial izlayotgan bo‘lsangiz, uni albatta tomosha qiling.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.