O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 8–11-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 8–11-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8-9 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 10-11 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, 9-11 oktyabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 25-30° gacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 oktyabrda 8-13°, 11 oktyabrda 10-15°, kunduzi 8 oktyabrda 20-25° bo‘ladi, 9-11 oktyabrda 25-30° gacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 oktyabrda 8-13°, 10-11 oktyabrda 10-15°, kunduzi 8 oktyabrda 23-28° bo‘ladi, 9-11 oktyabrda 27-32° gacha ko‘tariladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 10-11 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 8-9 oktyabrda 15-20°, 10-11 oktyabrda 17-22° bo‘ladi.