РУ
O’Z
UZS
/
/
Uydagi tashlanmaydigan 15 ta narsa – ular hali ro‘zg‘orda kerak bo‘ladi
17.07.2024

Uydagi tashlanmaydigan 15 ta narsa – ular hali ro‘zg‘orda kerak bo‘ladi

Uydagi tashlanmaydigan 15 ta narsa – ular hali ro‘zg‘orda kerak bo‘ladi

To‘g‘ri turli ortiqcha va keraksiz narsalarni uyda saqlash yaxshi emas, bu haqida ko‘p va xo‘p aytib o‘tganmiz. Ammo to‘g‘ri kelgan hamma narsani tashlab yuborish ham kerak emas. Ko‘zingizga yoqmagan narsalarni olib, axlatxonaga yo‘l olishdan oldin, yaxshilab o‘ylab ko‘ring, yaxshisi quyidagi maqolamizni bir o‘qib chiqing. Biz unda uydagi tashlanmaydigan 15 ta narsaning ro‘yxatini tuzganmiz, ishoning, ular hali ro‘zg‘orda yana kerak bo‘ladi. 

Vanna pardasi

Vannadagi eski parda dizaynidan charchab, uni o‘zgartirishni xohlaysizmi? Bu albatta yaxshi fikr, faqat eskisini tashlab yuborishga shoshilmang. Bu suv o‘tkazmaydigan ajoyib pardani yozgi piknik uchun gilam yoki dasturxon sifatida, shuningdek kuchugingiz uchun to‘shak qilib ishlatishingiz mumkin. 

Gilam yoki kovrolin

Eski gilamni ham qayta ishlatish mumkin, buning uchun tasavvuringizni yoqib, uni yana qanday ishlatish haqida o‘ylab ko‘ring. Biz esa sizga quyidagina maslahat beramiz: qaychini olib, gilamni bo‘laklarga bo‘lib tashlang – ularni mebel oyoqlariga taglik sifatida joylab chiqing. Bu polingizni turli qirilishlardan asraydigan layfhak. Endi istasangiz har kuni mebellar joylarini o‘zgartishingiz mumkin.

Kapron kolgotkalar

Kapron kolgotkalar ko‘pga chidamasligini hammamiz bilamiz. Lekin ular laklangan mebel yuzasini tozalash uchun ajoyib latta sifatida yana ishlatilishi mumkin. Hayratlanarli to‘g‘rimi? Ammo kopron material “polirovkalash” ishini zo‘r bajaradi. Buni shaxsan bajarib ko‘rishni maslahat beramiz. 

Kiyim ilgichlar

Yoki qisqichli kiyim ilgichlar ham ro‘zg‘orda kerak bo‘ladi. Masalan, kirlarni quritish, shuningdek, don, shakar va boshqa “sochiluvchi” mahsulotlarni paketlarda saqlash uchun. Endi kiyim-qisqichlarini alohida sotib olishingiz shart emas. 

Ustara

Eskirgan soqol oladigan ustara – yangi katishka oladigan mashinaga aylanishi mumkin, ha, siz to‘g‘ri eshitdingiz. Buni tekshirib ko‘rishni istaysizmi? Unda biror katishka bo‘lgan kiyimni olib, o‘sha eski ustara bilan katishkalarini tozalab ko‘ring. Qarabsizki, kiyim xuddi yangidek bo‘ldi, to‘g‘rimi? 

Meva/sabzavot to‘ri

Uy sochilib yotgan bolalar o‘yinchoqlarini terib yurishdan charchaganmi? Bu borada siz uchun yana bir layfhak bor: ularni meva va sabzavot to‘riga (toza) yig‘ib oling. Hammomda o‘ynaladigan o‘yinchoqlar uchun ham juda mos keladi, ular bu idishda tezda quriydi. 

Plastik butilkalar

Katta besh litrlik suv idishini ham tashlamang. Uning ustki qismini kesib tashlang. Tagi esa uyni tozalashda va gubka va lattalar kabi tozalash vositalarini saqlash uchun yaxshi konteyner sifatida ishlatilishi mumkin. 

Shamlar

Agar shamingiz kuyib erigan bo‘lsa, uni tashlashga shoshilmang. Undan yangisini yasab oling! Buning uchun erigan shamni olib, plastik idishga, so‘ngra mikroto‘lqinli pechga soling. Uni bir daqiqa aylanatiring, so‘ng aralashtirib yana bir daqiqa davomida pechda qizdiring. Mum suyuqlashgandan keyin, uni shisha idishga (yoki chig‘anoqqa) solib, pilik va bir necha daqiqadan so‘ng sham ipini joylang. Sham qotishi uchun uni 20 daqiqaga sovutgichga qo‘ying. 

Futbolka

Yo‘q, biz undan pol latta qilishni taklif qilmaymiz, undan ham qiziqarliroq usul bor. Eski futbolka eshik ostonasida oyoq kiyim artadigan kichik gilamcha sifatida yoki ko‘chish vaqtida tez sinadigan idishlar uchun g‘ilof sifatida ishlatish mumkin. 

Soch bog‘ichi (rezinka)

Soch bog‘ichi ham ro‘zg‘orda qayta ishlatilishi mumkin. Cho‘zilgan soch aksessuari bilan turli simlarni, oziq-ovqat mahsulotlari solingan paketlarni bog‘lashingiz mumkin. Bundan tashqari, ta’tilga ketishda paypoqlarni rulon shaklida o‘rab rezinka bilan bog‘lab qo‘yishingiz mumkin. 

Sochiq

Hatto eng sifatli sochiqlar ham bora-bora eskiradi va suvni shimimaydigan bo‘lib qoladi. Ammo sochiqning paxmoq matosi oshxonadagi billur idishlar, vilka-qoshiqlar vapishoqlarni juda yaxshi “polirovkalaydi”. 

Konteynerlar

Yogurt, tvorogli pishloq yoki shirinliklarning bo‘shagan plastik qutilarini iplar, ignalar,  mayda mixlar va vintlar, shuningdek boshqa maishiy mayda-chuydalar solish uchun maxsus qutichalar sifatida, yoki mini-ekinlarni ekish ham mumkin. 

Pressli qahva choynagi

Buzilgan pressli qahva choynak ijodkor va qo‘li gul uy bekalariga dekorativ bir narsa yasash uchun ajoyib g‘oyadir. Undan o‘zgacha go‘zallikdagi “florarium” yashashingizni bir tasavvur qiling-a! Ammo buning uchun sizga gullar, mox va boshqa o‘simliklar ham kerak bo‘ladi. Natijada shunday go‘zallik yaraladi! 

Globus

Farzandingizga geografiya darslari uchun sotib olgan bolalar globusidan ham xonadonda qayta foydalanish mumkin. Misol uchun, tutqichidan chiroq yoki qog‘oz sochiqlar rulonlari uchun tutqich yasab oling.

Jinsi shimlar

Bir juft eskirgan jinsi shimlardan uy hayvoningiz uchun o‘yinchoq yasash mumkin! Chunki denim har qanday kuchukcha o‘yinlaridan omon qoladigan materialdir va siz uy hayvonlari do‘konidan kuchugingizga maxsus o‘yinchoq sotib olishingiz shart emas.