Yerdagi harorat tarixiy rekordni yangiladi
Yakshanba kuni oʻrtacha harorat 17,09°C, ertasi kuni esa noldan 17,15 daraja yuqori boʻlgan. Iqlimshunos Zeke Xausfazerning soʻzlariga koʻra, “bu tashvishli belgidir”.
Kopernik Yevropa kosmik dasturiga koʻra, tabiatda birin-ketin harorat rekordlarini yangilanmoqda.
Yakshanba kuni oʻrtacha harorat 17,09°C, ertasi kuni esa noldan 17,15 daraja yuqori boʻlgan. Iqlimshunos Zeke Xausfazerning soʻzlariga koʻra, “bu tashvishli belgidir”.
Uning eslatishicha, gʻayritabiiy yuqori qiymatlar ketma-ket 13 oy davomida qayd etilgan va yangi rekordlar ehtimoli juda yuqori. Kopernik dasturi rahbari Karlo Buontempo ham xuddi shunday fikrda.
Avvalgi rekord uzoq davom etmadi: oʻrtacha harorat butun kuzatuvlar tarixidagi maksimal darajaga 2023-yilda erishgan, bundan oldin qayd etilgan choʻqqi faqat 2016-yilda qayd etilgandi. 2024-yilda ham yillik harorat rekordi oʻrnatilishi kutilmoqda.