Uyqusizlik, ishlarni kechiktirish va miyaga zarar yetkazuvchi boshqa odatlar
‘‘Biz nima yeyayotgan bo‘lsak, o‘shamiz’’' iborasi o‘zingizni ‘‘zararli’’ ovqatlar bilan boqmaslik, tanangizni hurmat qilish va sog‘lom taomnomaga amal qilishni ifodalashi bejizga emas. Bundan tashqari u biz qilayotgan amallar haqida ham gapiradi. Aniqrog‘i, miyaga zarar yetkazuvchi va salomatlik bilan bog‘liq muammolariga olib keladigan odatlarni nazarda tutadi. Biz shunday odatlarning eng zararli 10 tasini to‘pladik.
Uyqusizlik
Muddatli cheklovlar, murakkab imtihonlar, yaqin insoningiz bilan janjal tufayli yuzaga kelgan kechinmalar va hatto juda qiziqarli seriallar – barchamiz kechgacha uxlamay o‘tirish uchun sabablarga duch kelamiz. Bu takrorlanmasa va ‘‘bir martalik aksiya’’ bo‘lsa, hech qanday dahshatli narsa sodir bo‘lmasligi tushunarli. Aks holda, uyqusizlik to‘planib, hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli odatga aylanadi.
Samaradorlik pasayadi, siz o‘zingizni horg‘in va bo‘shashgan his qila boshlaysiz. Ammo bu hali hammasi emas: agar siz kuniga 7 soatdan kam uxlasangiz, tanangizga qondagi ortiqcha qand miqdoriga teng keldigan zarba olasiz. Ha, tortlarga ortiqcha qaramlik ham miyaning tez qarishiga olib keladi.
Nonushtadan bosh tortish
Chikago universiteti olimlari miya kasalliklarining sabablaridan biri ertalabki ovqatdan qasddan voz kechish yoki kech nonushta qilish bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ertalab soat 8:30 dan keyin ovqatlanadigan (qahva hisobga olinmaydi!) odamlar qondagi qand miqdorining oshishi bilan ‘‘maqtana’’ oladilar – bu diabetga va natijada miyaning erta qarishiga olib keluvchi birinchi qadamdir.
Sport bilan shug‘ullanmaslik
‘‘Sport – sen hayotsan’’, degan ibora sovet shifokorlarining shioriga aylangani bejiz emas. Ularning zamonaviy hamkasblari buni tasdiqlaydi: kam harakatli hayot tarzi, kuniga 800 qadam (agar onlayn ishlasangiz), shuningdek, har qanday mashg‘ulotlardan ataylab qochish miya faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Bu siz fitnes-klubda o’zingizni zo‘riqtirib ‘‘o‘lishingiz’’ kerak degani emas. Toza havoda sayrga chiqish, yoga yoki pilates bilan shug‘ullanishni boshlash yoki eng oddiy – besh daqiqalik badantarbiya qilish kifoya.
Kechiktirish
Biz qanchalik dangasa bo‘lsak, ishlarni keyinga qoldirsak yoki navbatdagi perfeksionizm (mukammal bo‘lmaganidan ko‘ra hech narsa qilmagani ma’qul) tufayli ularni unutsak, miyamiz shunchalik ko‘p aziyat chekadi. U ishlashga o‘rganmaydi, bizga bo‘ysunmaydii va keyingi harakatlarimizni to‘xtatib qo‘yadi: Odatdagidek o‘tirgandik, endi nima qilasan? Chunki u o‘zini zo‘riqish va resurslarni sarflashdan himoya qiladi.
Axborotning haddan tashqari ko‘pligi
Axborot shovqini miya faoliyatiga jiddiy zarar yetkazuvchi omillaridan biridir. Neyrofiziolog Devid Lyuis o‘zining "Stressni boshqarish" kitobida miya harflar va so‘zlardan ortiqcha doza olishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. O‘zi uchun juda katta va ko‘tara olmaydigan ‘‘doza’’ni olgach, muhim organ tormozlana boshlaydi. Bu ‘‘analitik falaj’’ deb ataladi. Nima uchun butun dunyo ‘‘digital detoks’’ – ma’lum vaqtgacha gadjetlardan qasddan voz kechish haqida o’ylayotgani bejiz emas.
Chekish va alkogolni suiiste’mol qilish
Ko‘pgina tadqiqotchilar sigaretlardagi nikotin miya tomirlarini toraytiradi, shuning uchun ‘‘kislorodli ochlik’’ boshlanadi, degan fikrda. Aytgancha, keyingi paytlarda ommalashib borayotgan veyping (elektron chekish) ni ham shu jumlaga kiritish mumkin.
Alkogolga kelsak, yana ham tushunarli: 18+ toifasidagi istalgan ichimlik tarkibiga kiruvchi etanol sezgirlikni pasaytiradi va miya hujayralarini deyarli o‘ldiradi. Shu sababli, alkogolga qaram bo‘lgan odamlar tormozlanib qoladilar, atrofdagilarni va hatto o‘zlarini ham tushunmay qo‘yadilar.
Muloqotning tanqisligi
Kamdan-kam uchraydigan ‘‘jonli’’ uchrashuvlar ham miya salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Niderlandiyalik olimlar ixtiyoriy tarkidunyochilikning zarari haqida ma’lumot berdi. Jamoa 2000 ko‘ngilli (60+ yosh) o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi va yolg‘izlarning kognitiv qobiliyatlari to‘kin ijtimoiy hayotga intilayotgan odamlardan yaqqol farq qilishini aniqladi. Shifokorlar bularning barchasini muloqot yetishmovchiligi bilan bog‘laydi.
Fast fudni haddan ortiq iste’mol qilish
Oziq-ovqat va nutritsiologiya bo‘yicha mutaxassis Elis Jekning ta’kidlashicha, gamburgerlar, pitssa va boshqa ‘‘fast’’ toifasidagi qayta ishlangan taomlarga bo‘lgan muhabbat miyaning ishlashiga yomon ta’sir qiladi. Bu ko‘proq diqqatni jamlash va o‘rganish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun sessiya yoki har qanday muhim loyihani topshirishdan oldin ovqatlanishni maslahat bermaymiz.
D vitamini tanqisligi
‘‘Quyosh’’ vitamini organizm uchun ‘‘must have’’ ro‘yxatida o‘z o‘rnini mustahkamlashni davom ettirmoqda. Sog‘lom inson organizmidagi D vitamini miyaning farovonligi uchun ishlaydi va uning hujayralarini parchalanishdan himoya qiladi, tanqislik holatida esa asta-sekin va ishonchli tarzda Alsgeymer va Parkinson kasalligiga olib keladi. Ammo dorixonaga yugurishdan oldin tahlillarni topshirishni va terapevt bilan maslahatlashishni unutmang.
Yomon ekologiya
Ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan hududlarda yashash ham miya faoliyatini yomonlashtiradi. Janubiy koreyalik olimlar shunday qarorga kelishdi va biz quloq soldik. Ma’lum bo‘lishicha, avtomobillar, zavodlar va boshqalardan chiqayotgan zararli gazlar bizning xotiramiz va kognitiv qobiliyatimizga bevosita ta’sir qiladi. Agar manzilingizni o‘zgartirishga qurbingiz yetmasa, ‘‘toza’’ joylarga – parklar, suv havzalari va shunga o‘xshashlarga tez-tez borib turing, tanangizni ko’rikdan o‘tkazing va kamroq stressga tushing. Ha, stress ham ‘‘buzg‘unchilar’’ qatoriga kiradi.