Xonanda Zohid Rixsiyevning rafiqasi qo‘shiq aytishni nima uchun to‘xtatganini ma’lum qildi


Sobiq “Ummon” guruhi a’zosi, taniqli xonanda Zohid Rixsiyevning rafiqasi Kamola qo‘shiq aytishni to‘xtatganining sababini ochiq aytdi. U o‘zining Instagram sahifasida eri uning ijodiy faoliyatiga mutlaqo qarshi ekanini e’tirof etdi.
Nima uchun qo‘shiq aytishni to‘xtatgani va kelajakda sahnaga qaytish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga Kamola turmush o‘rtog‘i doimo uning yakkaxon faoliyatiga qarshi bo‘lib kelganini ma’lum qildi.
“Uning fikricha, men ikki-uchta qo‘shiq kuylagan bo‘lsam yetarli edi. U menga yangi qo‘shiqlar yozish va ijro etishni man etadi”, — deya ta’kidladi Kamola.
Bundan tashqari, Kamolaning so‘zlariga ko‘ra, Zohid hatto uning eski qo‘shiqlarini tarqatishiga ham qarshi. “U menga: “Bularni e’lon qilma”, deydi. Hattoki Instagram akkauntimni o‘chirib tashlashni ham talab qilgan”, — deya qo‘shimcha qildi Kamola.