UzAuto Motors Cobalt shartnomalari uchun toʻlov muddati qachon tugashini maʼlum qildi
GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modifikatsiyalari uchun toʻlovlarni qabul qilish 2-dekabr kuni toʻxtatiladi.
22-noyabr kuni UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochgandi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisining matbuot xizmati tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlar qachon tugashini maʼlum qildi.
Xususan, GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modifikatsiyalari uchun tuzilgan shartnomalarga xaridorlardan toʻlovlar 2-dekabrgacha qabul qilinadi.
Bundan tashqari, UzAuto Motors fuqarolardan firibgarlardan ehtiyot boʻlishlarini, eʼlonlar joylashgan saytlar va boshqa tashqi servislar orqali “shartnoma sotib olish” boʻyicha shubhali takliflarga rozi boʻlmasliklarini soʻramoqda.
UzAutoSavdo platformasida xaridor yoki diler mijozning maʼlumotlarini oʻzgartirish imkoniyatiga ega emasligi taʼkidlangan. Fuqarolar murojaatlari kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali qabul qilinadi.