/
/
Uzum Bos oʻyinida yangi boʻlim ishga tushirildi
02.09.2024

Uzum Bos oʻyinida yangi boʻlim ishga tushirildi

Uzum ekotizimi tegishli boʻlgan ekran bosuvchi oʻyinda yangi muhim funksiya qoʻshildi. U orqali qahramonni yanada kuchaytirish mumkin.

Uzum Bos oʻyinida yangi boʻlim ishga tushirildi

Telegramʼdagi Uzum Bos oʻyinida “Eksklyuziv” boʻlimi ishga tushdi. Undagi kartochkalarni ochib, qahramonni yanada kuchaytirish mumkin.

Boʻlimda sizni maxsus tajriba kartochkalari kutmoqda — Mustaqillik kunini nishonlash, ofis ochish va boshqalar. Endi qahramoningizni yanada kuchaytirishingiz mumkin.

Eʼtiborli jihati, yangi boʻlimdagi ayrim kartochkalar osongina ochilmaydi. Ularni olish uchun boshqa koʻnikmalarni maʼlum darajagacha oshirish kerak. Oʻyin yaratuvchilari foydalanuvchilarni koʻp qiziqarli narsalar kutayotganiga ishontirgan.

Shuningdek, bu safargi haftalik promokod oʻyini natijalari chorshanba, 4-sentyabr kuni oʻtkaziladi. “Hozircha esa vaqtingizni behuda sarflamang: qahramoningizni kuchaytiring va soatiga tajribangizni oshiring”, — deyiladi Uzum Bos xabarida.