1
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 37 foizga ko‘paydi
13.07.2025

Yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 37 foizga ko‘paydi

Yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 37 foizga ko‘paydi

Markaziy bank bergan statistikaga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki olti oyi davomida O‘zbekistonda ipoteka kreditlariga bo‘lgan talab keskin oshdi.

Yanvardan iyungacha bo‘lgan muddatda mamlakat bo‘yicha 9,43 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,08 foizga yuqori. Shuningdek, ipoteka kreditlari umumiy qoldig‘i 72,8 trillion so‘mga yetib, yil boshidan buyon 5,1 trillion so‘mga ko‘paydi.

Bu davrda ipoteka kreditidan foydalanganlar soni 20,5 foizga ortib, 26,2 mingdan 31,5 ming kishiga yetdi. Ajratilgan kreditlarning o‘rtacha summasi esa 13,7 foizga oshib, 300 million so‘mga yaqinlashdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari hajmi 6,38 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 74,04 foizga ko‘paydi. Bu esa umumiy ipoteka kreditlaridagi davlat ulushining 53,3 foizdan 67,7 foizgacha oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan berilgan kreditlar hajmi 6,2 foizga kamayib, 800 milliard so‘mdan past darajada qayd etildi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.