верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue jangi rasmiylashdi — sana va joy aniq
13.06.2025 (yangilandi 13.06.2025)

Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue jangi rasmiylashdi — sana va joy aniq

Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue jangi rasmiylashdi — sana va joy aniq

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim kamarini egallab turgan o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (14-1, 11 KO) va super yengil vaznda mutlaq chempion maqomidagi yaponiyalik Naoya Inoue (30-0, 27 KO) o‘rtasidagi kutilgan jang nihoyat rasman e’lon qilindi. Ahmadaliyev ushbu yangilikni o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Unga ko‘ra, qarama-qarshilik 2025-yil 14-sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ahmadaliyev va Inoue o‘rtasidagi duel ehtimoli allaqachon boks jamoatchiligi orasida keng muhokama qilinayotgan edi. 

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Murodjon bir necha matbuot anjumanlarida Inoueni ochiq jangga chaqirgan, biroq yaponiyalik sportchi bunga javob bermayotgan edi. WBA tashkiloti esa agar Inoue yana rad etsa, uning chempionlik kamaridan mahrum qilinishini ta’kidlagan.

Nihoyat, Murodjonning promouteri Eddi Xirn va menejeri Vadim Kornilov Inouening jamoasi bilan kelishuvga erishib, jang bo‘yicha shartnomani imzolashdi.

Ma’lumot uchun: Inoue 4-may kuni Las-Vegasda Ramon Kardenasni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Ahmadaliyev 31-may kuni Gvadalaxarada Luis Kastilyoni yengib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.