Vanihoyat quyoshli kunlar: O‘zbekistonda haftalik ob-havo haqida so‘zlab, har kuni uchun 7 ta obraz ko‘rsatamiz


Sizga xush xabarimiz bor: yangi hafta issiq va quyoshli kunlar bilan boshlanadi. O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo prognozi quvontiradigan darajada, shuning uchun biz do‘stlar bilan uchrashuvlar, oila a’zolarimiz bilan sayrlar va sevgan insonimiz bilan uchrashuvlarni rejalashtiramiz. Barcha rejalaringiz muvaffaqiyatli o‘tishi uchun esa sizga yangi va trenddagi obrazlar kerak bo‘ladi. Aynan shunday liboslarni Masha “Zara” va “Stradivarius” do‘konlaridan topdi. Havolalar doimgidek izohda ko‘rsatiladi.
Toshkentda 10-16-mart uchun haftalik ob-havo prognozi
10-mart
Dushanba ertalab havo harorati iliq bo‘ladi: +5 dan +11 darajagacha. Kunduzi esa erta bahor uchun nisbatan ancha issiq — +17! Osmon musaffo, demak, kayfiyat ham yaxshi bo‘ladi. Kechqurun esa biroz salqinroq — +11, lekin baribir yoqimli.
Mashaning obrazi:
11-mart
Seshanba kuni ham quyosh charaqlab turadi: O‘zgidromet kunduzi +17, kechqurun esa +11 darajani va’da qilmoqda. Eng yorqin libosingizni kiyib, ishdagi deadline’larni tezroq bajaring — chunki shahar bo‘ylab sayr qilishning ayni vaqti!
Mashaning obrazi:
12-mart
Chorshanba kuni biroz bulutli bo‘lishi mumkin, lekin baribir ochiq havoli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati esa o‘zgarishsiz: kunduzi +17. Kechasi esa biroz iliqroq bo‘ladi — +12..+13. Haqiqiy bahor boshlanganiga ishonish qiyin!
Mashaning obrazi:
13-mart
Payshanba kuni havo harorati yoqimli tarzda yana biroz ko‘tariladi: kunduzi +18, kechasi +12. Eng salqin vaqt faqat ertalab tongda va kechasi bo‘ladi — +11, lekin o‘sha vaqtda siz allaqachon to‘shagingizda miriqib dam olayotgan bo‘lasiz.
Mashaning obrazi:
14-mart
Juma kuni ham yaxshi yangiliklar bilan keladi: tashqarida +19! Demak, dam olish kunlariga biror kichik sayohat rejalashtirish mumkin. Dacha, tog‘ yon bag‘rlarida yoki qo‘shni shaharga safar — ajoyib sarguzasht bo‘ladi! Kechqurun esa +13, shuning uchun ustingizga biror yengil ustki kiyim olishni unutmang.
Mashaning obrazi:
15-mart
Mana uzoq kutilgan shanba kuni ham keldi! U hafta davomida rejalashtirganingizdek ajoyib o‘tadi. Kunduzi +19 va ochiq osmon, kechqurun esa +13 va biroz bulutli. Ko‘p gapirish shart emas — faqat yaxshi dam olishingizni chin dildan tilab qolamiz!
Mashaning obrazi:
16-mart
Yakshanba kuni parkka borish, mahallada sayr qilish yoki Toshkent bo‘ylab ekskursiya uyushtirish uchun ajoyib fursat! Shahringizga oxirgi marta sayyoh ko‘zi bilan qachon qaragansiz? Keling, buni aynan shu yakshanbada amalga oshiramiz! Ob-havo ham aynan shunga mos: kunduzi +21, kechqurun +15.
Mashaning obrazi: