РУ
O’Z
UZS
/
/
World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti Oʻzbekistonga keldi
08.10.2024

World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti Oʻzbekistonga keldi

World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti Oʻzbekistonga keldi

7-oktyabr kuni World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti Boris van der Vorst Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga tashrif buyurdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda Boris van der Vorst tashkilot faoliyati, uning maqsadlari haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, bugungi kunga kelib, 49 davlat ushbu xalqaro federatsiyaga aʼzo boʻlib, boks rivoji boʻyicha kelgusida qator istiqbolli loyihalar rejalashtirilgan.

Suhbat davomida boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida 7 ta vazndan 5 tasida oltin medalni qoʻlga kiritgani, bugungi kunda Oʻzbekiston boks olamida jahonda yetakchilardan biri ekani ham tilga olindi.

Qolaversa, rasmiylar boksning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturida saqlanib qolishi tarafdori ekanini bildirishdi. Uchrashuvdan soʻng tashkilot prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Oʻzbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, mamlakatdan qoʻllov olganidan xursandligini yozdi.

Bundan tashqari, rasmiy vakillar bilan birgalikda biz dunyodagi har bir sport zalida har bir bokschining Olimpiya orzularini saqlab qolish muhimligini muhokama qildik. Tashkiloti boks olamida ustunlikka ega Oʻzbekiston tomonidan kuchli qoʻllov olganimizdan xursandman, deb qoʻshimcha qildi Boris van der Vorst.