Nima xarid qilish mumkin: Zara yangi kolleksiyasidan 2025-yil yozida kiyishga arziydigan 9 ta model


2025-yilning yozi, ayniqsa Zara brendining yangi kolleksiyasi bilan yorqin va zamonaviy bo‘lishi kutilmoqda. Brend turli modellarni taqdim etdi: zig‘ir matoli shimlardan tortib yengil ko‘ylaklargacha – barchasi issiq kunlar va iliq kechalarga mos keladigan qilib tayyorlangan. Quyida hozirdanoq garderobingizga qo‘shishga arziydigan 9 ta model bilan tanishing.
Zara yangi kolleksiyasi 2025
G‘ijim matodan tikilgan shim

Ekryu rangli universal shimlar yoz uchun ideal tanlov bo‘ladi. To‘g‘ri bichim, baland bel va qulay cho‘ntaklar joylashuvi bunday shimni universal qiladi. U har qanday kiyim: top, ko‘ylak, futbolka yoki jaket bilan mos keladi. Shunchaki tasavvurni ishga solish kifoya.
Bantikli bluzka

Chiziqli, nafis bantiklar va hajmli yenglarga ega bluzka hatto eng zerikarli obrazni ham jonlantiradi va har qanday qizni romantik malikaga aylantiradi. Midi yubka yoki keng bichimli shimlar bilan kiyish tavsiya etiladi.
Midi ko‘ylak

Bu ko‘ylak – 2025-yil yozga eng yaxshi garderob sarmoyasi desak ham bo‘ladi. Oldi kvadrat ochilgan, keng yelka qismi, bog‘ichlar va tarkibidagi viskoza – barchasi birgalikda mukammal uyg‘unlik yaratadi. Naqshlari esa o‘ziga xos ajiblik! Ular aynan O‘zbekiston naqshiga mos tushadi.
Atlas top

Xalter yoqali va trenddagi “limon yog‘i” rangida. Ochiq orqa, mukammal moslik va istalgan obrazingizga bayramona jihat qo‘shadigan ushbu top ayniqsa kechki uchrashuv yoki ziyofatga tayyorlanayotganda asqatadi.
Toshli ko‘ylak

Bunday ko‘ylakda ta’tilda sayohatiga yoki to‘yga borishni istab qolishingiz aniq! Bulutli osmon rangida, yana xalter yoqasi, munchoqlar bilan bezatilgan ko‘ylak – har bir qizning orzuidagi kiyimdir. U shunchalik chiroyli ko‘rinadiki, uni kiyib fotosessiya uyushtirgingiz keladi.
Bazaviy ko‘ylak (rubashka)

Poplindan tikilgan moviy rangli rubashka – har qanday garderobning asosi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uni sevimli jinsi shimingiz, shortiklaringiz bilan yoki kechqurun ko‘ylak ustiga tashlab kiysangiz bo‘ladi. U hech qachon modadan chiqmaydi va hatto avloddan-avlodga o‘tishi mumkin.
Kalta sarafan

Aralash zig‘ir matodan tikilgan, yig‘imlar va “gulli” printi bor sarafan ko‘zni quvontiradi. Keng yelka bog‘lamalari, keng chimli yubka va uzun oyoqlaringizni ajoyib tarzda ta’kidlaydigan ko‘ylakning uzunligi – bularning barchasi sarafanni afsonaviy libosga aylantiradi.
Midi ko‘ylak

Mini uzunlikni yoqtirmaydigan va obrazga biroz dramatiklik qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib tanlov. Qora rangdan qo‘rqmang: u qomatingizni ingichka va latofatli qilib, joziba beradi, ajur naqshlar va krujeva esa ortiqcha rasmiylikni yumshatadi.
Yubka-shortik

Doim kiyib jonga tekkan jinsi yubkalarga a’lo darajada alternativa bo‘ladi. Baland bel, yopiladigan (zapaxli) dizaynga ega yubka-shortik oddiy kundalik yoki ishbop obraz uchun mos: ofisga, oilaviy kechki ovqatlarga yoki suhbat/sinovlarga borish uchun ideal variant bo‘ladi.