Xitoy oʻzbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi
Oʻzbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari Oʻzbekiston fuqarolariga 30 kun davomida Xitoy Xalq Respublikasiga vizasiz sayohat qilish huquqini beruvchi kelishuvni imzoladilar. Oʻzgarishlarning kuchga kirishi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Oʻzbekiston fuqarolariga 30 kun davomida Xitoyga vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitim 1-dekabr kuni Chendu shahrida boʻlib oʻtgan biznes-forum doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.
“Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi yana bir muhim qadamdir”, — dedi u XXR TIV rahbari Van I bilan uchrashuv yakunida.
Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlari oʻtgan yilning bahorida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chogʻida viza rejimini soddalashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishgan edi.