Yana plyusli, qor va yomg‘irli havo: O‘zbekistonda bir haftalik ob-havo haqida ma’lumot beramiz va har bir kun uchun 7 ta obraz bilan bo‘lishamiz


O‘zbekistonda yangi ish haftasi sovuq va quyoshli ob-havo bilan boshlanadi, lekin dam olish kunlariga yaqin vaziyat o‘zgaradi. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga qaraymiz va kun uchun to‘g‘ri hamda zamonaviy kiyim tanlashga harakat qilamiz. Bunda bizga Masha va “Mango” brendining obrazlari yordam beradi.
Toshkentda bir haftalik ob-havo: 16-22 dekabr
16-dekabr
Dushanba kuni Toshkentda kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilyapti. Harorat kunduzi -4, kechasi esa -6 darajani ko‘rsatadi. Issiq puxovik kurtka va onangizning “shapkangni kiy” degan maslahatini yodda tutgan holda shapka kiyishni unutmang!

Mashaning obrazi:
17-dekabr
Seshanba kuni tashqaridagi vaziyat o‘zgaradi: quyoshli, ammo harorat +2 ga ko‘tariladi. Kechasi esa havo quruqroq va sovuqroq bo‘ladi, harorat -2 ga tushadi. Mashaning obrazi “office core” estetikasini sevuvchilar tomonidan yuqori baholandi. Aytgancha, bu obraz “2 tasi 1 da”!

Mashaning obrazi:
18-dekabr
Chorshanba Toshkentda bulutli tong bilan boshlanadi, kun davomida harorat +4 gacha ko‘tariladi. Kechqurun quyosh chiqishi mumkin, ammo havo sovuqroq bo‘ladi – +2. Masha ofis obrazlarini tasvirlashda davom etmoqda, bu safargi uning tanlovi – jaket va qalin, yo‘l-yo‘l yubka.

Mashaning obrazi:
19-dekabr
Payshanba yana havo bulutli va yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bilan boshlanadi. Kunduzi harorat +5 darajani tashkil etadi. Mashaning “Mango” brendidagi sevimli paltosini kiyish uchun so‘nggi imkoniyat. Aslida, palto shokolad rangda, lekin oyna yoritilishi uni xaki rangga aylantirgan.
Mashaning obrazi:
20-dekabr
Juma kuni yomg‘ir va qor aralash ob-havo bilan keladi. Kunduzi +3, kechasi esa +1 bo‘ladi. Kayfiyatni ko‘tarish uchun yorqinroq kiyim kiyish lozim. Mashaning tanlovi – fuksiya rangli jemper va metallik shim. Yaltirasak, yaltirabmiz-da!

Mashaning obrazi:
21-dekabr
Shanba kuni ham xuddi shunday qor aralash yomg‘ir va +3 daraja harorat bo‘ladi. Kechasi esa 0 daraja. Bunday ob-havo kayfiyatimizni buzmasligi uchun uyda biror faollik o‘ylab toping. Masha do‘stlari bilan Yangi yil bayramini oldindan tayyorlanib ko‘rishni rejalashtirdi: chiroyli kiyinish uchun ajoyib sabab, to‘g‘rimi?

Mashaning obrazi:
22-dekabr
Yakshanba kuni quyosh chiqadi, lekin baribir, shunga qaramay ob-havo sovuq bo‘ladi: kunduzi +2, kechasi esa -1. Eng qulay kiyimlarni kiyib, sayrga chiqamiz. Axir, butun haftani uyda o‘tkazdingiz!

Mashaning obrazi: