1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” “Real” ustidan yirik g‘alaba bilan finalga yo‘l oldi
10.07.2025

Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” “Real” ustidan yirik g‘alaba bilan finalga yo‘l oldi

Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” “Real” ustidan yirik g‘alaba bilan finalga yo‘l oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ruterford shahrida joylashgan “MetLife” stadionida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi Ispaniya giganti “Real Madrid”ni 4:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Parijliklar o‘yinni katta bosim bilan boshladi. Dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni o‘z qo‘liga olgan “PSJ” jamoasi 6-daqiqada Fabian Ruisning goli bilan hisobni ochdi. Oradan atigi uch daqiqa o‘tib, Usmon Dembele hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

24-daqiqada yana Fabian Ruis faollik ko‘rsatib, o‘z hisobiga dubl yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirida, 87-daqiqada esa zaxiradan tushgan Gonsalu Ramush navbatdagi golni urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

Bu yirik g‘alaba “PSJ” jamoasini musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga olib chiqdi. Final bahsi 13-iyul kuni o‘tkaziladi. Unda Parij klubi Angliyaning “Chelsi” jamoasi bilan chempionlik uchun kurash olib boradi. “Real Madrid” esa turnirdagi yurishini shu bosqichda to‘xtatdi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.