РУ
O’Z
UZS
/
/
Elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshirilmoqda
05.02.2025

Elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshirilmoqda

Elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshirilmoqda

Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun bu 45 mln soʻmni, undan oshgan elektromobillar uchun esa 78,75 mln soʻmni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda chetdan olib kelinadigan elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshirilmoqda.

Bu haqda hukumatning 31-yanvar kuni qabul qilingan “Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorida keltirilgan.

Hujjat bilan elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari (TIF TN kodi 8703 80) ga nisbatan utilizatsiya yigʻimining yangi miqdorlari belgilanadi. Gibrid avtomobillar bundan mustasno.

Yigʻimlar elektromobillarning ishlab chiqarilgan yiliga qarab, quyidagicha belgilanadi:

  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun — BHMning 120 baravari (45 mln soʻm);
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan — BHMning 210 baravari (78,75 mln soʻm).

Amalda utilizatsiya yigʻimi miqdorlari ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan elektromobillar uchun BHMning 30 baravarini (11,25 mln soʻm) hamda 3 yildan oshganlari uchun BHMning 90 baravarini (33,75 mln soʻm) tashkil etadi.

Hujjat bilan yigʻimlarning oshirilgan miqdorlari joriy yilning 1-mayidan boshlab kuchga kiradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda utilizatsiya yigʻimlarini yigʻish hamda ulardan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqishi kerak.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.