РУ
O’Z
UZS
/
/
Yandex Uzbekistan Toshkentda oʻz ofisini ochadi
08.07.2024

Yandex Uzbekistan Toshkentda oʻz ofisini ochadi

Yandex Uzbekistan Toshkentda oʻz ofisini ochadi

Toshkentdagi ofis Oʻzbekistonda Yandex Go shahar xizmatlarini, taʼlim, koʻngilochar va boshqa xizmatlarni rivojlantiruvchi xodimlarni birlashtiradi. U ochilgandan soʻng yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlariga qabul qilish boshlanadi.

Yandex Uzbekistan 2024-yilning kuzida mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga maʼlum qildi.

Ofis ochilishi jamoani kengaytirish, yangi xizmatlarni tezroq ishga tushirish va mamlakatda faoliyat yuritayotgan xizmatlarni kengaytirishga imkon beradi. Kompaniya, shuningdek, oʻzbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ishga tushirishni reja qilmoqda.

Toshkentdagi ofis Oʻzbekistonda Yandex Go shahar xizmatlarini, taʼlim, koʻngilochar va boshqa xizmatlarni rivojlantiruvchi xodimlarni birlashtiradi. U ochilgandan soʻng yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlariga qabul qilish boshlanadi.

“Amaliyotlar kompaniya uchun ham, Oʻzbekistonning butun IT-sohasi uchun ham kadrlar zaxirasini yaratishga yordam beradi. Ularning boshlanishi Yandex kompaniyasining IT-taʼlim dasturining bir qismi boʻlib, loyiha doirasida kompaniya qoʻshimcha ravishda Oʻzbekistonda yuqori sinf oʻquvchilari uchun yangi Dasturlash maktablarini ochadi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, informatika oʻqituvchilari uchun dasturlash boʻyicha malaka oshirish kurslarini ishga tushiradi va ularga Python boʻyicha metodik materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.

Yandex, shuningdek, qizlarni IT-tadbirkorlik sohasida rivojlantirishga qaratilgan Technovation Girls mentorlik dasturini qoʻllab-quvvatlaydi va sport dasturlash boʻyicha intensiv treninglar oʻtkazadi.