10.06.2025
Marvel`ning “Temir yurak” filmi yangi treyleri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Disney+ servisi “Temir yurak” mini-serialining ikkinchi rasmiy treylerini taqdim etdi. Loyiha “Qora pantera: Abadiy Vakanda” filmining davomi hisoblanadi.
Syujet markazida Temir yurak laqabli o‘n besh yoshli talaba va ixtirochi Riri Uilyams turadi.
Qiz o‘g‘irlangan materiallardan Toni Stark (Temir odam) kostyumini yaratadi. Tez orada Riri nafaqat zirhni takrorlashi, balki uni takomillashtirishi mumkinligini tushunadi.
Serialda Dominik Torn, Entoni Ramos, Olden Erenrayx va boshqalar rol o‘ynagan. Shouning yaratuvchisi Chinaka Xoj (“Qor osha”) bo‘lgan. “Yurak”ning birinchi qismlari 24-iyun kuni strimingda chiqariladi.