Yangi hafta yomg‘ir va qor bilan boshlanadi: O‘zbekistonda haftalik ob-havo prognozi va har bir kun uchun 7 ta obraz
![Yangi hafta yomg‘ir va qor bilan boshlanadi: O‘zbekistonda haftalik ob-havo prognozi va har bir kun uchun 7 ta obraz](/storage/articles/7940/p3AX653or7oLkuRfUz1DVqIfOLNM3A8X.webp)
![Masha Mashkova](/storage/authors/NqqEhnWQ69iY4Bi5WbT2cThTfksfC2gM.webp)
O‘zbekistonda yana bir ish haftasi deraza ortida xira manzaralar bilan boshlanadi, ammo juma kuni vaziyat o‘zgaradi. Ob-havo prognozida ko‘rinmaydigan quyoshni qalbimizda charaqlashi uchun Masha “Zara” do‘koniga – yangi kolleksiyadan obrazlar yaratish uchun yo‘l oldi. “Zara”da 2025-yilning ko‘plab trendlari bor: kiyimlar va narxlari bilan batafsil tanishib chiqing!
Toshkentda 20-26-yanvar kunlari ob-havo prognozi:
20-yanvar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dushanba bulutli, ammo iliq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati +10 gacha isiydi, kechasi esa +6 gacha tushadi. Kechki sayrlarni dam olish kunlariga qoldirgan ma’qul, chunki kechga yaqin yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.
![](/storage/images/aIffmGfxQp9IVo5ffoEV7XTA8410xt1I.webp)
Masha obrazidagi trendlar – shokolad ranglari:
21-yanvar
Seshanba kunidagi ob-havo bizning (va sizning) kayfiyatingizga ta’sir qilishi aniq. Deraza ortida qor va yomg‘ir, harorat +5 gacha tushadi. Kechasi esa +3 darajagacha soviydi. Soyabon yoki kapyushonli kiyim kiyishni unutmang.
![](/storage/images/bCcMMi4fjs54vin0L95ClYrW6IrEbDYD.webp)
Masha obrazidagi trendlar – “ishchi” kurtka:
22-yanvar
Chorshanba ertalab sinoptiklar qor yog‘ishini bashorat qilishmoqda, ammo tushga borib ob-havo yaxshilanadi, havo bulutli, ba’zi joylarda ochiq va +2 daraja bo‘ladi. Kechqurun sovuqroq, 0 daraja va tungi -3 sovuq kutilmoqda.
![](/storage/images/PvvugHH9cWwD0RDsx20mrSZR6QWovMIA.webp)
Masha obrazidagi trendlar – total green:
23-yanvar
Payshanba kuni ertalab ishga ketayotganda muzlagan yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Tashqarida -4 daraja, ammo kunduzi yana +3 va quyoshli ob-havo kutilmoqda. Kechasi esa yana -3 daraja sovuq qaytadi.
![](/storage/images/lAHqFaZ32CATi8AYtgi3SBvWU4vwe6Kg.webp)
Masha obrazidagi trendlar – marjonlar+toshlar bilan bezatilgan jinsi:
24-yanvar
Juma kuni kunduzi muzdek havo iliq havo bilan almashadi: Toshkentda +7 va quyoshli havo kutilmoqda. Kechasi esa harorat +2 darajagacha tushadi. Ammo tunda harorat yana nolga tushib ketishi mumkin.
![](/storage/images/SpxA5vWKiwPsTb15y4o1XyJZDIpXUAOL.webp)
Masha obrazidagi trendlar – ko‘k ranglar+burmali ko‘ylak:
25-yanvar
Shanba kuni ochiq va yoqimli ob-havo kutilyapti, ya’ni sayr qilish uchun ideal kun. Havo harorati kunduzi +6..+8, kechqurun +4 daraja. Tunda esa ozgina sovuq tushib, -1 gacha yetishi mumkin.
![](/storage/images/x3Dqd8HdcXUBQcafmGVFHoGf7fYLghhX.webp)
Masha obrazidagi trendlar – pushti+baza:
26-yanvar
Yana yakshanba. Kalendar yangi kunini aylantirib, nonushtaga otlanamiz (hatto o‘z oshxonangizga bo‘lsa ham). Ammo haftada bir marta shaharda nonushta qilishingizni tavsiya qilamiz, axir bugun +9 daraja issiq bo‘ladi! Quyosh nurlaridan bahramand bo‘lishga ulgurib qoling, chunki quyosh botishi bilan havo sovuqroq bo‘ladi: kechasi +4 daraja.
![](/storage/images/7KbNNUtZjx3hywpSb9FqZZpyoSKS7YTC.webp)
Masha obrazidagi trendlar – krujeva + sportshik: