РУ
O’Z
UZS
/
/
Hindiston toʻlov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiya qilinishi mumkin
30.10.2024

Hindiston toʻlov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiya qilinishi mumkin

Hindiston toʻlov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiya qilinishi mumkin

Hindistonning Unified Payments Interface (UPI) toʻlov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

29-oktyabr kuni Markaziy bankda Hindistonning NPCI Milliy toʻlov tizimi korporatsiyasi vakillari bilan hamkorlik masalasida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda mamlakatning raqamli toʻlov tizimlaridagi tajribasi, NPCI toʻlov tizimining ommabop va qulay xizmatlari, soʻnggi texnologiyalar va kiberxavfsizlik talablariga mosligi xususida taqdimot qilindi.

Suhbat davomida tomonlar mamlakat toʻlov tizimini takomillashtirish hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirish sohalarida tajriba almashish va hamkorlikni oʻrnatish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, NPCI vakillari birlashgan toʻlovlar interfeysi Unified Payments Interface (UPI)ini Oʻzbekistondagi Humo va Uzcard toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyatiga qiziqish bildirdi.