Yangi yilga qanday smartfon sovg‘a qilgan ma’qul? Eng zo‘r variantlarni yig‘dik
Birinchi qatorning hamma brendlari allaqachon asosiy smartfonlarini chiqarishga ulgurdi - demak, Yangi yilga o‘zingizga yoki yaqinlaringizga nima sotib olish yoki sovg‘a qilishni tanlashning hozir ayni vaqti. Yilning asosiy yangiliklarini tanladik va ularni qulay narxlarda qayerdan sotib olish mumkinligini topdik.
iPhone 16 Pro
Ekrani: 6,3 dyum, 1206 х 2622 o‘lchamdagi aniqlikda, piksel zichligi 460 ppiga teng.
Protsessori: A18 Pro (chastotasi 4,05 GGsli 2 ta yadroga, chastotasi 2,42 GGsli 4 ta yadroga ega).
Оperativ xotirasi: 8 GB.
O‘rnatilgan xotirasi: 128 GB, 256 GB, 512 GB, 1 ТB.
Каmeralari: 48 Mp (f/1.8, asosiy), 48 Мp (f/2.2, ultrakeng sensorli), 12 Мp (f/2.8, telefoto).
Аkkumlyatori: 3582 mАsoat.
Yangi smartfonlar qatori uchun Apple Camera Control tugmasini taqdim etdi. Bu kichik modeldan tortib Pro Maxgacha bo‘lgan barcha iPhone 16larda mavjud bo‘lgan muhim yangilikdir. Klaviaturasi ko‘p funksiyali: svayplar va har xil bosish kuchini taniydi. Shunday qilib, suratga olish uchun sozlamalarni tanlash va rasmni kattalashtirish mumkin.
Oldingi avlodlarga nisbatan boshqa o‘zgarishlardan - Pro-seriyasining ekran ramkasi yupqalashgan va shu sababli ekran diagonali endi 6,3 dyuymni tashkil qiladi. iPhone 16 Pro uzoq vaqt ishlaydigan yangi A18 Pro chipida ishlaydi. Bu “temir” hatto kompyuter va konsollardan smartfonlarga o‘tgan katta o‘yinlarni ham ishga tushirish imkonini beradi, masalan, Death Stranding, Resident Evil 8 shular jumlasidandir. Shuningdek, Apple Apple Intelligence sun’iy intellekt imkoniyatlariga e’tibor qaratadi, ammo uning hozircha barcha funksiyalari ham mavjud emas, borlari ham faqat AQShdadir.
16-avlod Camera Control sabab yangi taassurotlar uyg‘otdi, bundan tashqari, iPhonedagi suratlar sifati har doimgidek ajoyib. Bunga uchta: 48 MPli asosiy, 12 MPli (sifatni yo‘qotmasdan kattalashtirish imkonini beradi) telefoto, shuningdek, 48 MPli ultra keng fotosensor javob beradi.
Samsung Galaxy S24 Ultra
Ekrani: 6,8 dyum, 1440 х 3120 aniqlikdagi o‘lchamda, piksellar zichligi 505 ppi.
Protsessori: Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 (3,39 GGsli 1 ta yadro, 3,1 GGsli 3 ta yadro, 2,9 GGsli 2 ta yadro).
Оperativ xotirasi: 12 GB.
O‘rnatilgan xotirasi: 256 GB, 512 GB, 1 ТB.
Каmeralari: 200 Mp (f/1.7, asosiy), 10 Mp (f/2.4, telefoto), 50 Мp (f/3.4, periskop sensor), 12 Мp (f/2.2, ultrakeng).
Аkkumlyatori: 5000 mАsoat.
Barcha yirik brendlardan faqat Samsung stilusli smartfon ishlab chiqarishni davom ettirmoqda. Qolaversa, kompaniya S Penni Ultra so‘zi bo‘lgan flagman modelining asosiy belgisi qilib oldi.
Stilus haqiqatan ham qulay: qo‘lda tezkor qaydlar qilish, taqdimotlarda muhim joylarni chetlab o‘tish yoki ta’kidlash, tasvirlarni tahrirlash - nima qilsangiz ham, bularning hammasini barmoqda emas, balki S Pen yordamida bajarish osonroq.
Model shuningdek dizayni bilan ham o‘ziga jalb qiladi: to‘g‘ri qirralar S24 Ultraga qat’iylik beradi. Qurilma pochtaga javob berish, taqdimotlarni ko‘rish, jadvallarni qidirish va ish orasidagi tanaffuslarda yaqinlar bilan aloqada bo‘lishda smartfon kerak bo‘lgan ishbilarmon odamlar uchun devays sifatida taqdim etiladi. Ultraning haqiqatan ham murosasiz asosi mana shunda: 6,8 dyuymli ajoyib displey, kuchli Snapdragon 8 Gen 3 chipi, butun 12 GB operativ xotira va 1 TB gacha ichki joy. S24 Ultra har qanday foydalanish senariylariga tayyor.
Agar stilus talab qilinmagudek bo‘lsa, umuman olganda kichikroq smartfon xohlasangiz, unda S24 ga e’tibor qarating. Ularning uchta: 6,3 dyuymli ekranli oddiy, 6,7 dyuymli Plus, shuningdek FE (biroz arzonlashtirilgan model)versiyalari mavjud.
Xiaomi 14T Pro
Ekrani: 6,67 dyuymli, 1220 x 2712 aniqlikdagi o‘lchamda, piksellar zichligi 446 ppi.
Protsessori: MediaTek Dimensity 9300+ (3,4 GGsli 1 ta yadro, 2,85 GGsli 3 ta yadro, 2.0 GGsli 4 ta yadro).
Operativ xotirasi: 12/16 GB.
O‘rnatilgan xotirasi: 256 GB, 512 GB, 1 TB
Kameralari: 50 Mp (f/1.6, asosiy), 50 Mp (f/2.0, telefoto), 12 Mp (f/2.2, ultra keng).
Akkumulyatori: 5000 mA/soat
Xiaomi arzon narxlarda “ko‘p smartfon” taqdim eta olishi bilan mashhur. Bu yil kuzda chiqarilgan 14T Pro buning ajoyib misol bo‘ladi. Unda 1220 x 2712 aniqlik o‘lchamiga ega 6,67 dyuymli yorqin displey, MediaTek Dimensity 9300+ tezkor chipi, 12 GBli operativ xotira va 256/512 GB yoki butun 1 TB o‘rnatilgan. Va bularning barchasi yaxshigina pul bo‘ladi.
Yillar davomida Xiaomi smartfonlari o‘zining noyob uslubiga erishdi - yuqori chap burchakda katta kameralar blokiga ega minimalistik orqa qopqoq. Bunday o‘lcham qat’iy va qimmatbaho ko‘rinadi.
Shuningdek, Xiaomi 14 ham yaxshi tanlov bo‘ladi - flagman 2023-yilda chiqarilgan, ammo barcha vazifalarni a’lo darajada uddalaydi. Shuningdek, smartfon biroz ixchamroq, cho‘ntakda olib yurish ham qulay.
Samsung Galaxy Z Flip 6
Ekrani: asosiysi - 6,7 dyuym, 1080 x 2640 aniqlikdagi o‘lchamda, piksellar zichligi 426 ppi; tashqi - 3,4 dyuym, 720 x 748 aniqlikdagi o‘lchamda, zichligi 306 ppi.
Protsessori: Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 (3,39 GGsli 1 ta yadro, 3,1 GGsli 3 ta yadro, 2,9 GGsli 2 ta yadro, 2,2 GGsli 2 ta yadro).
Operativ xotirasi: 12 GB.
O‘rnatilgan xotirasi: 256 GB, 512 GB.
Kameralari: 50 Mp (f/1.8, asosiy), 12 Mp (f/2.2, ultrakeng).
Akkumulyatori: 4000 mA/soat.
Buklanadigan smartfonlar ancha arzonligicha qolmoqda, ammo asta-sekin ommalashib bormoqda. Flip 6 modeli - qiziqarli segmentga kirish uchun ajoyib chipta. Brend tanilgan, oltinchi avlod qurilmaning bolalar yaralaridan xalos bo‘lganini anglatadi. Narxi esa bunday smartfondan oladigan yangi taassurotlarni hisobga olganda juda ma’qul.
Bu yerda asosiy displey 6,7 dyuymli diagonalga ega (yangilanish chastotasi 120 Gs). U talab qilinmaganda 3,4 dyuymli diagonalli qo‘shimcha ekranda ham xabarnomalarni o‘qish yoki ob-havoni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Smartfon Snapdragon 8 Gen 3 chipida 12 GB operativ xotira bilan ishlaydi, shu sababli tezkorlik haqida tashvishlanishga hojat ham yo‘q.