Oldin va hozir: “Esmeralda” seriali aktyorlari 28 yil ichida qanday o‘zgardi?
“Esmeralda” — 1997-yilda Salvador Mexia Alexandre tomonidan Televisa uchun ishlab chiqarilgan meksikancha telenovela. Bu Delia Fiallo tomonidan 1970-yilda xuddi shu nomdagi mashhur Venesuyela telenovelasining remeykidir.
Unda Letisiya Kalderon, Fernando Kolunga, Enrike Lizalde, Laura Zapata, Salvador Pineda va Ignasio Lopes Tarso rol o‘ynagan. 1997-yil 5-may, dushanba kuni Canal de las Estrellas ish kunlari soat 20:00 da Mujer, casos de la vida real o‘rniga Esmeralda translyasiyasini boshlagandi.
Oxirgi epizod 1997-yil 14-noyabr, juma kuni efirga uzatildi, Desencuyentro uni keyingi dushanba kuni almashtirdi. Bu Fernando Kolunga va Xuan Pablo Gamboa o‘rtasidagi birinchi hamkorlik bo‘lib, ikkalasi ham keyinchalik Mejia ishlab chiqargan La usurpadorada ishlagan.
20 yillar oldin barcha yigitlarning ko‘nglidan joy olgan aktrisa Letisiya Kalderon (Esmeralda Rosales) hozirda ham qizg‘in aktrisalik faoliyatini olib bormoqda. U 2024-yilda suratga olingan “Xonadosh” filmi va “Mening abadiy sevgim” serialida bosh rollarni ijro etdi.
Fernando Kalunga (Xose Armando) hozirda 58 yoshda. U 1988 yildan beri teatr va kinoda rol ijro etib keladi. Aktyor 2024-yilda “Graf: Sevgi va hurmat” serialida Alexandro Gaitan personajini gavdalantirdi. U xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanadi va doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanadi.
Meksikaning eng mashhur aktrisalaridan biri hisoblanuvchi Nora Salinas (Grasiela) so‘nggi yillarda kino olamida juda kam ko‘rinish bermoqda. U oxirgi marta 2020-yilda “Meksikalik va Guyero” filmida Elena ismli bosh qahramonni gavdalantirdi. Aktrisa ayni vaqtda oilasiga ko‘proq vaqt sarflayotgani haqida aytadi.
Ignasio Lopez Tarso (Melesio) meksikalik teatr, kino va televideniye aktyori edi. U 50 ga yaqin filmlarda rol o‘ynagan va hujjatli filmlarda va bitta qisqa metrajli filmda suratga tushgan. Aktyor 2023-yilda olamdan ko‘z yumdi. Uning so‘nggi ijod namunasi 2019-yilda chiqqan “Shifokorlar, hayot chizig‘i” seriali hisoblanadi.