РУ
O’Z
UZS
/
/
Hafta davomida havo sovib boradi, yomgʻir yogʻadi
04.11.2024 (yangilandi 05.11.2024)

Hafta davomida havo sovib boradi, yomgʻir yogʻadi

Hafta davomida havo sovib boradi, yomgʻir yogʻadi

Toshkent shahrida 4-noyabrdan 8-noyabrgacha kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

100nafar do‘stingizni taklif qiling va iPhone 16 Pro yutib oling

Dushanba kuni ertalab biroz yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +25° gacha koʻtariladi. Yogʻingarchilik ehtimoli — 60%. Kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Harorat +15° gacha pasayishi kutilmoqda. Yomgʻir yogʻish ehtimoli — 50%.

5-noyabr kuni poytaxtda kunduzi kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, harorat +18 darajagacha koʻtariladi. Yogʻingarchilik ehtimoli — 60%. Kechasi yomgʻir yogʻishi, havo harorati +14 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni kunduzi yomgʻir yogʻadi, harorat +16 darajagacha koʻtariladi. Yogʻingarchilik ehtimoli — 90%. Kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi, havo harorati +4 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

7-noyabr kuni kunduzi Toshkentda havo oʻzgarib turadi, havo harorati +9 darajagacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +2° gacha pasayadi.

Juma kuni kunduzi havo kam bulutli boʻladi, harorat +11 darajagacha koʻtariladi. Shanbaga oʻtar kechasi havo oʻzgarib turadi, havo biroz bulutli boʻladi, havo harorati +2 darajagacha pasayadi.