РУ
O’Z
UZS
/
/
Jorj Kluni alsgeymer kasalligi haqidagi dramada rol ijro etadi
17.10.2025

Jorj Kluni alsgeymer kasalligi haqidagi dramada rol ijro etadi

Jorj Kluni alsgeymer kasalligi haqidagi dramada rol ijro etadi

“Oskar” sovrindori Jorj Kluni va mukofotga nomzod Annett Bening (“Amerikacha go‘zalli”) “Muhabbat bilan” (In Love) nomli yangi loyihada bosh rollarda suratga tushadi. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.

Film asosini yozuvchi Emi Blumning shu nomdagi xotiralari tashkil etadi. Syujet alsgeymer kasalligidan aziyat chekayotgan er va uning rafiqasi haqida hikoya qiladi.

Er-xotin ko‘plab sinovlardan o‘tib, o‘zlari va atrofdagilarga muhabbatlarining kuchini isbotlaydilar. Filmning rejissyori va ssenariy hammuallifi Pol Vays (“Mening bolam”, “Fakerlar oilasi bilan tanishuv 2”) bo‘ladi.

Premyeraning aniq sanasi keyinroq e’lon qilinadi. Shuningdek, Kluni ishtirokidagi “Jey Kelli” filmi Netflix’da dekabr oyida namoyish etiladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.