РУ
O’Z
UZS
/
/
Yer aholisi kamayadimi? Asr oxiriga kelib u qanday bo‘ladi?
24.07.2024

Yer aholisi kamayadimi? Asr oxiriga kelib u qanday bo‘ladi?

Yer aholisi kamayadimi? Asr oxiriga kelib u qanday bo‘ladi?
Muallif
Leyla Li

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning oxirida yer aholisi 8 milliardga yetdi. 12 yil oldin esa, u 7 milliard edi. 

Bunday misli ko‘rilmagan o‘sishga tibbiyot, ovqatlanish sifati va shaxsiy gigiyena imkoniyatlari yaxshilanishi sabab bo‘ldi. Bu ayrim mamlakatlarda tug‘ilishning ko‘payishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Taxminlarga ko‘ra, 2037-yilda aholi soni 9 milliard, 2080-yilda esa 10 milliardga yetadi. Ya’ni, aholi soni o‘sishi kutilmoqda, ammo so‘nggi o‘n yilliklardagiga nisbatan o‘sish sur’ati sekinlashadi: 1975-yilda aholi atigi 4 milliardga yetgandi.

Nobel mukofoti sovrindorlari bu borada nima deydi? 

2017-yilda 50 nafar  Nobel mukofoti sovrindorlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Ularning uchdan bir qismi, aholining haddan tashqari ko‘payishi va bu bilan bog‘liq muammolarni, jumladan, yetarli miqdorda toza suv va oziq-ovqat bilan yetishmovchiligi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Lekin qo‘rquv haddan tashqari oshirib yuborilganiga ishonish uchun asos bor. Ehtimol, 40 yildan keyin sayyoramiz aholisi, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar soni kamayadi. 

Yer aholisining kamayishi haqidagi bashoratlar nima bilan bog‘liq? 

Mantiqqa zid bo‘lsa-da, bu hayot sifatining oshishi bilan bog‘liq. Hozirda odamlarda qaramlik mavjud: ular qanchalik yaxshi yashasa, shuncha kech farzand ko‘rish haqida o‘ylaydi va umuman olganda, ular avvalgidek ko‘p emas, kamroq farzand ko‘rishni istaydi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar oilalaridagi bolalar soni aholi sonini barqaror saqlash uchun yetarli emas.

Masalan, Yaponiyada har bir ayolga o‘rtacha 1,3 bola, AQShda esa, 1,6 bola to‘g‘ri keladi.

Albatta, bu barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham tug‘ilish darajasi pasayadi degani emas. Ehtimol, bitta mamlakat ichida ularning soni ko‘payishi mumkin. Ammo umuman olganda, uzoq muddatli bashorat shuni ko‘rsatadiki, nafaqat hozirda kuzatilayotgan o‘sish sur‘atlarining pasayishi, balki sonlarning mutlaq qiymatining kamayishi ham asta-sekin boshlanadi. Shunday qilib, “Geyts” jamg‘armasi tadqiqotchilari tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, XXI asr oxiriga kelib aholi soni 2040-yildan 2050-yilgacha kutilayotgan eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan 1 milliardga kamayadi.