Yomg‘ir va ob-havoning keskin sovishi: O‘zbekistonda hafta davomidagi ob-havo haqida hikoya qilib, mass-marketdan 7 ta obraz taqdim etamiz
O‘zbekistonda yangi hafta hech bo‘lmaganda maktab o‘quvchilari uchun yoqimli boshlanadi: kuzgi ta’til boshlandi! Farzandingizga qanday mashg‘ulot o‘ylab topish va butun oila bilan qayerga uchib ketish haqida o‘ylayotgan bir paytingizda, tashqaridagi ob-havo hayratlantirishda davom etadi. Masha kayfiyatini xarid qilish orqali ko‘tarishga qaror qildi, uning tanlovi – Mangoning yangi to‘plami (Tashkent City Mallda qidiring). Mazkur obrazlarning har biri Toshkentdagi bir haftalik ob-havo bilan uyg‘unlashadi, kiyimlar uchun havolalarni quyida qoldiramiz.
Toshkentdagi 4-noyabrdan 10-noyabrgacha bo‘lgan ob-havo
4-noyabr
O‘zbekistonda maktab ta’tilining ilk 4-noyabri yomg‘ir va ertalabdan bulutli kun bilan boshlanadi. Ammo harorat +20…+23 darajagacha bo‘lib, yetarlicha iliq hamda qulay bo‘ladi. Kechqurun havo + 5 darajaga soviydi.
Mashada:
5-noyabr
Seshanba kuni havo sovuqroq, ammo hali chidasa bo‘ladi. Tashqarida +17..+19 daraja iliq, quyoshning kamayib qolgan tafti va shunga o‘xshash yomg‘ir. Hech bo‘lmaganda Mangoning urfdagi obrazlari yordamida sabr qilamiz va tushkunlikka tushmaymiz.
Mashada:
Katakli astarli mumlangan kurtka
Tabiiy charmdan baland qo‘njli kazakcha etik
6-noyabr
Chorshanba kuni Toshkentdagi ob-havo hayron qolmaydigan kishini ham hayratga soladi. Gap faqat havoning +14…+15 darajaga tushishida emas, balki tashqaridagi jalada. Ishga borish qiyin va “Nuh kemasi” uslubiga o‘xshab ketadi, kayfiyat esa tushkun. Lekin siz buni albatta uddalaysiz!
Mashada
Burgundi rangidagi o‘ymali to‘qilgan ko‘ylak
7-noyabr
Payshanba kuni yomg‘ir bo‘lmasa-da, haftaning eng sovuq kuni bo‘ladi. O‘zbekiston gidrometereologiya markazi kunduzi +8…+9, kechasi esa +3…+5 daraja iliq bo‘lishini aytmoqda. Issiqroq kiyinamiz, sharf yoki bosh kiyimini ham unutmaymiz. Oqshomni esa uyda, issiq ko‘rpa ostida seriallar tomosha qilish bilan o‘tkazamiz.
Mashada:
To‘g‘ri bichimdagi klepkali jinsi shimi
8-noyabr
Juma kuni Toshkentda havo 1-2 darajaga issiqroq bo‘ladi, termometr ustunlari +10 darajani ko‘rsatib, quyoshli kun bo‘ladi. Shunday ekan, qayg‘urmaymiz va oqshom uchun qiziqarli ko‘ngilochar tadbirlarni rejalashtiramiz: kinoga kirish, restorandagi kechki ovqat yoki oila a’zolari bilan o‘tirish. Va bunga yasanib olmaslikning iloji yo‘q!
Mashada:
9-noyabr
Shanba kuni bulutlar tarqab, bizga ochiq havo hadya etadi va +12 darajaga qadar isiydi. Mayami bo‘lmasa-da, yashasa bo‘ladi. Sayrga shaylanamiz va sirniklarga boramiz – eng zo‘r sirnik tayyarlanadigan joylarni jamladik. Darvoqe bu Masha va uning dugonasi Anyaning sevimli nonushtasi, shunday ekan, agar qizlarni “Sirovarniye”da uchratib qolsangiz, hayron bo‘lmang.
Mashada:
10-noyabr
10-noyabr kuni Toshkentdagi ob-havo shanba kuni kabi iliq bo‘lib, yana +12, kam bulutli va deyarli shamolsiz o‘tadi. Ammo ko‘chaga chiqish yoqmasa, u holda uyni tozalash bilan shug‘ullanishingizni tavsiya etamiz. Yoki siz turmush o‘rtog‘ingizning ota-onasi yoki o‘zingizning buvingizni ko‘rgani a-lya Jeki Kennedi tvidida borishingiz mumkin.
Mashada: