РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkenta eng yaxshi sirnik tayyorlaydigan 10 ta muassasa. Eng mazalisi qayerda?
03.11.2024 (yangilandi 04.11.2024)

Toshkenta eng yaxshi sirnik tayyorlaydigan 10 ta muassasa. Eng mazalisi qayerda?

Toshkenta eng yaxshi sirnik tayyorlaydigan 10 ta muassasa. Eng mazalisi qayerda?

O‘nta muassasada bo‘ldik va Toshkentda eng mazali sirnik qayerda tayyorlanishi haqida so‘zlab beramiz.

Sirovarnya: smetanali va murabboli rikottadan sirniklar

Ushbu poyganing mutlaq chempioni. Rikote tufayli tekstura juda mayin, sirniklar og‘izda eriydi, smetana esa har bir bo‘lakning mayinligini ta’kidlaydi. Murabbo – mukammal ansamblda bo‘lgani kabi to‘yintirilgan, o‘rtacha shirin. Menyuda kokosli variant ham mavjud - klassikadan biroz shirinroq, lekin undan kam ham emas. Buyurtma tez yetkaziladi, zerikishga ulgurmaysiz ham. 

  • Har kuni soat 9:00 dan ishlaydi
  • Narxi: 59.000 so‘m

June: vanilli sirniklar

Mazkur sirniklar – ochiq bo‘lmasa-da, munosib. Ular muassasaning boshqa taomnomasidan farqli o‘laroq, gastronomik yuksaklikka intilmaydi. Agar ularni uyda tayyorlash istagi bo‘lmasa, bu yaxshi tanlov hisoblanadi.

Tez va doim tabassum bilan yetkazish muassasaning katta yutug‘idir. 

  • Filiali Oloy bozori-64 da joylashgan, soat 10:00 dan ishlaydi - ertalabdan erta nonushta qilishni sevuvchilar uchun jiddiy minus. 
  • O‘qchi-6 dagi filiali esa har kuni soat 9:00 dan sizni nonushtada kutadi.
  • Narxi: 65.000 so‘m

Pie Republic: qaynatilgan quyultirilgan sut va pishloqli maskarpone bilan sirniklar

Mazkur taomni muassasaning yutig‘i deyish mumkin va bu sirniklarni Toshkentda faqat dangasa odam tatib ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Mayli, xatoingizni tuzatib oling - bu sirniklarni hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa-da, buyurtma qilish kerak. Ayniqsa shirinlikni juda yoqtiradiganlarga: hamma gap quyultirilgan sutda. U bilan sirnik ham, bo‘tqa ham ajoyib ta’mga ega bo‘ladi. Dastur menyusidagi rasmdan maskarpone porsiyasi bilan farq qilishini ta’kidlash lozim. 

Bunga e’tiborni biroz qaratmoqchi edik. Klassik taomlarni sevuvchilar uchun menyuda uncha shirin bo‘lmagan, ammo mazasi bo‘yicha qolishmaydigan va sal arzonroq, bir porsiyasining narxi 57, 000  so‘m bo‘lgan an’anaviy yoqimli smetanali va murabboli sirniklar ham mavjud. 

Kafening ochilishiga kelishni tavsiya qilmaymiz. Yaxshisi, 15 yoki 20 daqiqa kechroq kelgan ma’qul. Bu vaqtga kelib, qahva mashinasi qiziydi va sizni xushbo‘y qahva bilan xushnud qilishga tayyor bo‘ladi. 

  • Dushanbadan shanbaga qadar soat 8.00 dan ishlaydi, yakshanba kuni esa uyquga to‘yib olib, u yerga soat 10.00 da nonushtaga chiqish mumkin. 
  • Narxi: 65.000 so‘m

Rassvet: maymunjon va smetanali yorqin mavsumiy qaylali sirniklar

Ushbu sirniklar biroz nordon, ortiqcha shirinliksiz, qaylasi esa haqiqatan ham to‘q. Tortiq qilinishi ham ajoyib.

Sirniklar taqdim etilguniga qadar specialty qahvasidan bahramand bo‘lishingiz, voronka uchun qahva tanlashingiz va zag‘chani kuzatishingiz mumkin - u bu nuqtani nazorat ostida ushlab turadi! Ertalab esa dolchinli bulochkalarning hidi butun ko‘chani tutib ketadi: bolalar har kuni ertalab dolchin va kardamonli juda mazali bulochkalar pishirishadi. Agar sirniklar jonga teggan bo‘lsa, filtrli qahva va bulochkaga keling!

  • Ish kunlari soat 8.30 dan ishlashni boshlaymiz, ammo nonushta soat 9.00 dan tayyorlanadi. Shunday ekan, erta kelishni tavsiya qilmaymiz, aksincha biroz kechikib kelsangiz ham bo‘laveradi.
  • Dam olish kunlari soat 9.00 da ishlaydi. 
  • Narxi: 65.000 so‘m

Breadly: rezavor qaylali klassik sirniklar

Biz plankani ko‘tarishga qaror qildik va ommabop joy hisoblangan Breadlyga 85.000 so‘mga qimmatroq sirniklarni tatib ko‘rishga jo‘nadik. Sirniklar muassasadan qolishmagan darajada mazali ekan. Dasturxonga olcha qaylasi, smetana, chiroyli qilib terilgan yangi mevalar bilan chiroyli likopchada, ozgina shakar upasi sepilgan holda tortiladi. Sirniklarning o‘zi nozik va yengil. Ularning ajoyib mazasi tufayli haftada kamida bir marta qaytgishni xohlaysiz.

  • Soat 8.00 da ochiladi (barcha filiallari).
  • Narxi: 85.000 so‘m

Olia: rezavor mevali qaylali va smetanali sirniklar

Bu sirniklar o‘ziga xosdek ko‘rinmasa-da, muassasaning ajoyib muhiti ularni yanada chiroyliroq qilib ko‘rsatadi. Ular mayin donli tvorogdan tayyorlanadi. Ta’mi yengil, nordon emas. Korxonaga 10 ta, sirniklarga 7 ta qo‘yamiz. Fransuzcha (provanscha) mavzuni hisobga olgan holda biz albatta qandaydir lavandali sirniklar bilan to‘ldirib tashlagan bo‘lar edik: bu ularni boshqalardan ajratib turgan va tashrif buyuruvchlarni aynan mana shu yerga kelishga undagan bo‘lar edi.

  • Har kuni soat 8:00 dan ishlaydi.
  • Narxi: 72.000 so‘m

Benedict: murabbo bilan zaytunli va smetanali sirniklar

Mazaliliginichi! Zaytunli murabbo – bu qandaydir yangilik. Garchi bu sirniklar undan kam bo‘lmasa-da, hammani e’tiborini o‘ziga tortdi. Likopchani tepadan suratga olish - jinoyat, chunki siz qanchalik tekis minora shaklidagi sirnikni tomosha qila olmaysiz!

  • Har kuni soat 8:00 dan ishlaydi.
  • Narxi: 73.000 so‘m

Zira: sirniklar (olcha qaylasi, smetana, shakar upasi)

Sirniklar va olchali qayla – go‘yo risoladagi juftlikdek. Likopchadan bu yengil tvorogli bulutchalar juda ham sezdirmasdan g‘oyib bo‘ldi. Hammasi uning yengilligi, masalliqlarning mukammal nisbati va qaylalarning porsiyalari tufayli. Barchasi nonushtadan 100% lazzatlanish uchun yetarli.

  • Har kuni soat 9:00 dan ishlaydi.
  • Narxi: 68.000 so‘m

Sucré: bananli kremdan tayyorlangan sirniklar

Men shirinliklar va kremlardagi bananlarni unchalik yoqtirmaydigan insonlar toifasidanman. Shuning uchun bananli krem boshidanoq meni hushyor qildi va hafsalam pir bo‘lishini kutgan edim. Ammo krem munosib, yengil, me’daga urmaydigan bo‘lib chiqdi va unda banan deyarli sezilmaydi. Sirniklarning ko‘rinishi ishtahani ochadi: ustida qobiq bor, ichi oq tvorog, shirasi bir me’yorda, vanilning yoqimli ta’mi mavjud.

Ular shunchalik yumshoqki, sanchqida osongina ezish mumkin. Kesganda tvorog  teksturasi ko‘zga tashlanadi. Ularni iste’mol qilish yoqimli, barcha mahsulotlar yangi ekanligini his qilish mumkin.

  • Har kuni soat 8.00 dan ishlaydi, ammo ochilgandan keyin yarim soat o‘tib borishni tavsiya qilamiz. Chunki oshpaz yoki barisa soat 8 dan ishga kelmaydi.
  • Narxi: 78.000 so‘m

Pro.Хinkali: sho‘r karamelli mussli sirniklar

Gruzin restoranida nonushtaga buni kutmagan еdik, ammo bunday uchrashuvdan xursand bo‘ldik!

Sirnikning ichi yumshoq va yengil, go‘yoki rikottadan tayyorlangandek. Unda un kamroqqa o‘xshaydi. Tarkibi kremli, teksturasi bir xil. Mazasi – mayin va shirin narsa, xuddi qandaydir tvorogli desert iste’mol qilayotgandek bo‘lasiz. Sirniklar qulupnay, golubika fantastik mussdagi yalpiz bilan tortiladi, vanil ta’mi seziladi, ammo u juda ham me’daga tegmaydi. 

Bundan kelib chiqadiki, restoran nafaqat xinkali, balki sirniklarga ham usta ekan! 

  • Har kuni soat 9.00 dan ishlaydi 
  • Narxi: 65.000 so‘m