верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bloger Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan sud hukmi oʻqildi
29.11.2024

Bloger Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan sud hukmi oʻqildi

Bloger Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan sud hukmi oʻqildi

Bugun, 29-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida “Star Med Centr” xususiy klinikasi shifokorlari — otolaringolog A.X. va anesteziolog-reanimatolog J.Q.ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi boʻyicha birinchi instansiya sudi oʻz yakuniga yetdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Sud jarayoni avvalroq bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bogʻliq holatni tergov qilish natijasida sudga oshirilgan edi. Natijada, Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) boʻyicha A.X. va J.Q. aybsiz deb topilib, oqlandi.  

Ammo, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasbiy vazifalarni lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi boʻyicha aybdor deb topilib, sud ularning har birini 2 yil muddatga tibbiyot sohasida faoliyat yuritish huquqidan mahrum qilishga hukm qildi. Bundan tashqari, A.X. va J.Q.ga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.  

Shuningdek, J.Q. uchun 62-modda asosida hisob-kitob qilinib, u 3 yil 6 oy 27 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi. Sud hukmi ustidan taraflarga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqi berildi. Bu hukm ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.