РУ
O’Z
UZS
/
/
Yoshko Gvardiol Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
29.01.2025

Yoshko Gvardiol Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Yoshko Gvardiol Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoaning yangi aʼzosi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi debyuti haqida fikrini bildirib, unga yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.

“U yaxshi yigitga oʻxshaydi. Oʻtgan oʻyinda yaxshi oʻynadi. Premyer Ligada Chelsiga qarshi oʻyinda debyut qilish oson emas. U hali yosh, biz unga har qanday yordamga tayyormiz. Abduqodir men yoki tajribali oʻyinchilarga bemalol suyanishi mumkin, uni qoʻllab-quvvatlaymiz, yordam beramiz”, deydi xorvatiyalik futbolchi.

Maʼlumot uchun, APL 23-tur doirasida “shaharliklar” “Chelsi”ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Husanov APLda oʻynagan ilk oʻzbekistonlikka aylandi.

Bugun, 29-yanvar kuni Gvardiola shogirdlari Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining soʻnggi turida “Bryugge”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvda “shaharliklar”ni faqat gʻalaba qanoatlantiradi. Boshqa har qanday natija APL klubini musobaqa bilan xayrlashishiga olib keladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.