РУ
O’Z
UZS
/
/
Yulduz Rajabova shaxsiy hayotiga oid sirni ochiqladi
16.11.2024 (yangilandi 16.11.2024)

Yulduz Rajabova shaxsiy hayotiga oid sirni ochiqladi

Yulduz Rajabova shaxsiy hayotiga oid sirni ochiqladi

Taniqli aktrisa hayotida doim nimadan qiynalgani va kuchli ogʻriqni his qilgani haqida batafsil gapirib berdi.

Aktrisa Yulduz Rajabova boshlovchi jurnalist Tursunoy Alimovaga bergan intervyusida qalb kechinmalari bilan oʻrtoqlashdi.

Soʻnggi uch-toʻrt yil ichida, men emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda hayotim haqida koʻproq biladigan insonlar bordek tuyuldi. U paytda  juda ogʻir ahvolda edim. Shu narsani tushunib yetdimki, agar qiz bola tugʻilganidanoq otasi yoki akasi unga sevgi qanday boʻlishi kerakligini koʻrsatmasa yoki mehr bermasa, ayol sevgi qanday boʻlishini bilmaydi, deydi aktrisa.

Uning aytishicha, mehr koʻrmagan qiz ertami-kechmi kelin boʻlganida, ehtimol turmush oʻrtogʻi unga qoʻl koʻtarsa, buni normal holat deb oʻylaydi. Hozir u oʻzini xafa qilgan narsalar bilan yana bir bor yuzlashyapti va takror ogʻriqlarni his qilyapti. Uni “Nimaga oʻshanda oʻzimni himoya qila olmadim?” degan savol qiynamoqda.

Nazarimda kechirilmaydigan xatolardan biri — bir insonning hayotini, turmush tarzini, tarbiyasini yoki fikrlarini oʻziga mos qilib oʻzgartirish harakatidir, deb oʻylayman. Misol uchun, sizning boshingizdan oʻtgan narsani men his qilolmayman. Men faqat eshitishim va uni sal boʻlsa ham his qilib koʻrishga harakat qilishim mumkin, deydi Rajabova.

Lekin men agar oʻz xohishim bilan sizni oʻzgartirmoqchi boʻlsam, bu bir insonning hayotiga ruxsatsiz kirish boʻladi. Tasavvur qiling, siz bir inson uchun oʻzligingizdan voz kechyapsiz. Agar oʻsha insonga kerak boʻlmay qolsangiz nima boʻladi?

Men insonlarning koʻnglini olish uchun oʻzimni yoʻqotib qoʻyganimni his qildim. Bu menga halovat bermadi. Ular bilan jismonan yaqin edim, biroq qalblar orasidagi masofa mashriq bilan magʻrib oraligʻigacha edi, deydi Yulduz Rajabova.