HBO “Garri Potter” serialidagi yangi Xagridning suratini e’lon qildi


HBO telekanali “Garri Potter” serialida o‘rmonchi Rubeus Xagrid qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rsatdi. Rolni Nik Frost (“Zo‘r politsiyachilar”) ijro etadi.
To‘liq metrajli Potter filmlarda Xagridni Robbi Koltreyn gavdalantirgan edi (o‘ng tomondagi rasmda). Serialning suratga olish ishlari shu hafta Buyuk Britaniyada boshlandi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Frostdan tashqari aktyorlar tarkibida Dominik Maklaflin, Arabella Stenton, Alaster Staut, Jon Litgou, Janet MakTir, Paapa Essedu va boshqalar ham bor.

“Potter” teleseriali 2027-yilda efirga chiqishi kutilmoqda. Birinchi mavsum J.K. Roulingning “Falsafiy tosh” asariga asoslanadi. Shou ijodkorlari Francheska Gardiner (“Vorislar”) va Mark Maylod (“Menyu”).