Jeki Chan karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi bo‘ldi


Tantanali marosim Nyu-Yorkda “Karate-bola: Afsonalar” filmining premyerasida bo‘lib o‘tdi.
Jangari filmlar va komedik janglar yulduzi Jeki Chan karate bo‘yicha qora belbog‘ bilan taqdirlandi. Bu haqda Butunjahon karate federatsiyasi (WKF) xabar berdi.
Chan bilan birga Karate Kid original trilogiyasida mashhur Daniel LaRusso rolini o‘ynagan aktyor Ralf Makkio ham qora kamarga ega bo‘ldi. Ularga mukofotlarni WKF bosh kotibi Toshixisa Nagura topshirdi. Shuningdek, marosimda AQSH chempioni va Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Tomas Skott ham ishtirok etdi.
WKF mukofot federatsiyaning franshizaning yangi qismi yaratuvchilari bilan hamkorligining bir qismi bo‘lganini va kinoning karate falsafasi va qadriyatlarini - intizom, sharaf, hurmat va ruhiy kuchni targ‘ib qilishdagi rolini e’tirof etish ramzi ekanligini ta’kidladi.