РУ
O’Z
UZS
/
/
Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi toʻylarda xizmat qilishi 5 ming dollar ekaniga izoh berdi
20.01.2025

Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi toʻylarda xizmat qilishi 5 ming dollar ekaniga izoh berdi

Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi toʻylarda xizmat qilishi 5 ming dollar ekaniga izoh berdi

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida toʻylardagi “birrov” xizmati narxi nimaga asoslanib belgilanishi haqida soʻzlab berdi.

— Toshkentdagi toʻylarda xizmat qilishimiz narxi 5 ming dollar etib belgilangan. Hozir sizga hammasini noldan isboti bilan aytib beraman. Bitta “Yetmasmidi?”, degan qoʻshigʻim bor. Shuning aranjirovkasini turklar qilib bergan. Bu qoʻshiq juda katta pulga tushgan. Qoʻshiqning oʻziga juda koʻp pul ketgan. Klipiga Yigitali Mamajonov va Aysanem Yusupova tushib bergan. Ular ham bepul ishlamaydi. 11 ta sozandam bor, oʻzim bilan 12 kishimiz.

5 ming dollarning ichida shuncha odamning rizqi bor. Keyin men jonli aytaman, Toshkentdagi toʻylarda jonli kuylaydigan sanʼatkorlar barmoq bilan sanarli darajada kam. Lekin bir narsani aytib oʻtishim kerak. Biz hammaga bunaqa narx qoʻymaymiz. Odamlar telefon qiladida “Anuvni anaqasimisan?”, deydi yordamchimga. Kimni anaqasi? Kimni nimasi? Hech boʻlmasa “Anuvni administratorimisan yoki Jaloliddinning anaqasimisan?”, desa ham sal tushunsa boʻladi.

Bunaqa muomala qilgan odamga administrator ham “Ha, oʻshani anaqasiman”, deb javob beradi va 5 yoki 6 ming dollar narx aytadi. Endi narxni oʻzining muomalasiga yarasha aytadi. Lekin oʻzi aslida xizmat haqimiz 5 ming dollar emas. Masalan, Toshkentda bir kunda 2-3 ta toʻy boʻlib qolsa, juda arzon narxga kirib ketamiz.

Jaloliddin Ahmadaliyev  nima sababdan Toshkentga koʻchib kelib, shu yerda ijod qilmasligi haqida gapirdi.

— Toshkentda uyim yoʻq. Toshkentga koʻchib kelish niyatim ham yoʻq, chunki men ota-onamni tashlab keta olmayman. Ota-onam esa Toshkentda yashagisi kelmaydi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.