15.04.2025
Yulduz va Lola: Yandex Oʻzbekiston uchun yangi ovozlar chiqardi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Yandex Uzbekistan Yandex Cloud bulutli platformasi asosida yaratilgan Yandex SpeechKit nutqni sintez qilish va tanib olish xizmatiga biznes uchun ikkita yangi ovozni qoʻshdi.
Ovozlar oʻzbek, rus va ularning aralashmasida bir xil darajada yaxshi gapiradi, shuningdek, turli amplualarga ega.
Masalan, xizmatlarni “tabassum bilan” taklif qilishlari, murakkab muammoni esa vazminlik va jiddiylik bilan hal qilishlari mumkin.
Hatto shivirlab gapirishlari ham mumkin. Texnologiyalarni joriy etish holatlari va rejalari bilan Yandex Cloud 29-aprel kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan uchrashuvda oʻrtoqlashadi.